Hukumat qarori bilan quriliş sohasida elektron davlat xaridlarini taşkil etiş va amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Maqsadli dasturlarga muvofiq moliyalaştiriladigan obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta’mirlaş uçun pudrat taşkilotlari faqat davlat xaridlari elektron tizimining elektron tender savdolari platformasi orqali aniqlanadi.

Mazkur nizom davlat buyurtmaçilarining bir şartnoma böyiça qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining 6000 baravaridan ortiq bölgan quriliş sohasidagi elektron tenderlarga nisbatan tatbiq etiladi. Mazkur miqdordan kam bölgan quriliş sohasidagi elektron tenderlarga uşbu tartib tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Tender predmetining boşlanğiç narxi (QQS bilan) bazaviy hisoblaş miqdorining 200 000 baravarigaça bölgan elektron tenderlarda faqat öşa hudud (Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri)da yuridik şaxs sifatida röyxatdan ötgan talabgorlar qatnaşadi, Toşkent şahri va Toşkent viloyati yagona hudud deb qabul qilinadi.

Elektron tenderda iştirok etiş uçun takliflar beriş muddati tugagan sanadan boşlab 2 iş kuni içida platforma tomonidan tender ğolibi aniqlanadi va ğolib taşkilotga aksept yuboriladi. Aksept ğolib taşkilot tomonidan tasdiqlangan kundan boşlab tender tugallangan deb hisoblanadi.

Elektron tender natijalari böyiça ğolib e’lon qilingan paytdan boşlab 3 kun muddatdan keçikmay pudrat şartnomasi tuziladi. Tender böyiça şikoyatlar, nizo va kelişmovçiliklarni körib çiqiş uçun işçi organ etib Quriliş vazirligi belgilanadi.