Toşkentda “Neksiya”ni olib qoçgan 12 va 16 yoşli bolalar uşlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
2022 yilning 7 fevral kuni soat 06:43 da Bektemir tumani böyiça IIO FMB Navbatçilik qismiga kelib tuşgan xabarga köra, noma’lum şaxs Bektemir tumani Suvsoz dahasi “Rohat” MFY 47-uy oldidagi avtoturargohda 65 yoşli T.R. öziga tegişli bölgan “Neksiya-1” rusumli avtomaşinasini qarovsiz, eşiklari qulflanmagan va kaliti öt oldirgiçda qoldirganligidan foydalanib, avtomaşinani noma’lum tomonga olib qoçib, hodisa joyidan yaşiringani ma’lum bölgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 12 yoşli Ş.R. va 16 yoşli F.D. sodir etgani aniqlanib, olib qoçilgan avtomaşina Bektemir tumani Ohangaron şohköçasi Çirçiq daryosi ustidagi avtomaşinalar ötişi uçun möljallangan köprik ustida turgani aniqlangan.
Holatga oydinlik kiritilganda, köprik ustida avtomaşinaning yonilğisi tugab qolgan, uşbu holatni sezgan bolalar avtomaşinani taşlab yaşirinmoqçi bölgan vaqtida, mazkur hududda xizmat vazifasini bajarib kelayotgan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.












