Surxondaryo viloyati Denov tumanida istiqomat qiluvçi ona-bolaning bir-biridan boşqa suyançiği yöq. Hamma qatori baxtli bölişni orzu qilib turmuşga çiqqan Matluba öğil farzandli böliş baxtiga muyassar böldi. Ammo şuning ortidan turmuşidan ayrildi, çunki farzandi Jasurbekka talassemiya taşxisi qöyilgani sababli turmuş örtoği ulardan voz keçdi.

Yolğiz onasi qaramoğida qolgan bolakay 6 oylik çoğidan şu dardni yengişga harakat qilib kelmoqda. Bugun 7 yoşga tölgan Jasurbek Mingnorovda jigar sirrozi, gepatit S, taloq şişişi ham aniqlangan. Unga faqat xorijda ötkaziladigan ilik köçiriş operatsiyasi yordam berişi mumkin – unga onasi donorlik qilmoqçi.

“Kasalxona bizning uyimiz bölib qolgan. Har oyda uç martalab şifoxonada yotamiz – bir hafta uyda bölsak, qolgan 25 kunimiz kasalxonada ötadi. 7 yildan beri şu ahvolda yaşaymiz. Bolamdan xavotirdaman: qança umri qoldi bilmayman.

Yordam beradigan heç kimim: aka-ukam, otam yöq. Turmuş örtoğim öğlimning xastaligini eşitib bizdan voz keçdi. Şu bolam uçun yaşayapman” deydi bemor bolaning onasi Matluba Nuriddinova.

Jasurbek yoş bölsa-da boşidan ötayotganlarni his qilib turibdi – nigohlaridagi dard, öksiklik, tortiniş buni ifodalaydi. Bir boşiga şunça taşviş yoğilgan yolğiz ayolning qalbiga malham bölgan farzand yaşaşi uçun yaxşilarning madadi zarur.

Uzkard: 8600 3104 5410 8473 onasi Matluba Nuriddinova nomida

Sberbank: 4817 7603 2408 9659 qarindoşi Muzaffar Abdurahmatov nomida