Ukraina hukumati aviakompaniyalardan 14 fevraldan 19 fevralga qadar Qora dengiz ustidan parvozlar amalga oşirmaslikni söragan. Bu haqda fuqarolik aviatsiyasi regulyatori «Ukraerorux» xabar qilgan.

Agentlik bu tavsiya Qora dengiz va Azov dengizi hududida parvozlarni butunlay tösişni anglatmasligini ta’kidlagan. Şuningdek Ukraina hududi ustidagi havo kengligi ham rejalaştirilgan parvozlar uçun oçiqligiça qoladi.

Bu tavsiya Rossiya 14-19 fevral kunlari mintaqada harbiy maşğulotlar ötkazilişi tufayli Qora dengiz ustidagi havo kengligi vaqtinça xavfli hududga aylanişini e’lon qilişi ortidan berilmoqda.

  • Ğarb mamlakatlari 2021 yil kuzidan buyon Rossiya Ukraina çegarasida qöşin töplayotgani va bu qöşni mamlakat hududiga bostirib kirişga tayyorlaniş bölişi mumkinligidan ogohlantirib kelmoqda. 11 fevral kuni AQŞ tomoni Rossiyaning Ukrainaga hujumi «istalgan lahza»da boşlanişi mumkinligi haqida xabar berdi. Bu voqealar ortidan xalqaro suğurta kompaniyalari Ukraina havo kengligidagi fuqarolik samolyotlari uçun suğurtalar tölaşdan voz keçmoqçiligi ma’lum böldi. Ukraina infratuzilmalar vazirligi mamlakat havo kengliklarini yopiş rejalaştirilmayotganini ma’lum qilgan.

Rossiya Ukraina atrofida quruqlik va suvda yirik manyovrlar boşlamoqda