2022 yil 1 martdan çet tilini biliş darajasini aniqlaş, malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma oliş uçun test sinovida qatnaşiş böyiça murojaatlar YaIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 

Talabgordan 3,5 x 4,5 sm fotosurat va davlat xizmati uçun tölovni tasdiqlovçi hujjat nusxasini talab qiliş bekor qilinadi. Imtihon ötkaziladigan kunlar DTM saytida e’lon qilinadi va talabgorga imtihon kunini mustaqil tanlaş huquqi beriladi.

Test natijalarini e’lon qiliş muddati 3 haftadan 1 haftagaça qisqartiriladi. Malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma natija e’lon qilingan kundan boşlab 1 iş kunida talabgorga yuboriladi.

Amaldagi har bir daraja (A2, V1, V2, S1) uçun alohida imtihon topşiriş tartibiga qöşimça umumlaştirilgan köp darajali (Multi-level) test tizimi (V1, V2, S1) joriy qilinadi. Multi-level test tizimi 2022 yil 1 martdan – ingliz tili uçun, 2022 yil 1 noyabrdan – nemis, fransuz va arab tillari uçun joriy etiladi.

Çet tilini biliş darajasini aniqlaş böyiça davlat xizmatlari körsatişda talabgor sörovnomani mustaqil ravişda YaIDXP orqali töldiradi. Sörovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaş talab etilmaydi. 

Sörovnoma YaIDXP orqali avtomatik tarzda DTM (vakolatli organ)ga yuboriladi. DTM talabgorlarni malaka imtihonini ötkaziş joyi va aniq vaqti töğrisida imtihon sanasidan 3 kun oldin xabardor qiladi.

Çet tilini biliş darajasi test sinovi, yozma iş va gapiriş könikmasini baholaş yöli bilan aniqlanadi. Malaka imtihoni qoğozlarda yoki kompyuterda ötkazilişi mumkin. Imtihon topşirişda talabgor pasport, ID-karta yoki tuğilganlik töğrisidagi guvohnomaning aslini taqdim etadi.

Malaka imtihonining har bir daraja uçun ötkaziladigan test sinovi: “tinglab tuşuniş”, “öqiş” bölimlarining har biri 30 ta savoldan; “yozma iş” bölimi 2 ta yozma topşiriqdan (darajaga boğliq holda birinçi topşiriq – 30-150 ta sözdan, ikkinçi topşiriq – 50-250 ta sözdan); “gapiriş” bölimi topşiriqlarning 3 ta turidan iborat böladi.

Reglament 1 martdan kuçga kiradi.