Prezidentning «Nogironligi bölgan şaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.
2022 yil 1 apreldan boşlab:
- mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda iş staji töliq bölmagan çoğdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda – 440 000 sömdan 622 000 sömgaça oşiriladi;
- özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarning parvarişi bilan band bölgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 söm miqdorida parvarişlaş nafaqasi tölanadi. Parvarişlaş nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining tuman (şahar) bölimlari tomonidan tayinlanadi va tölanadi. Parvarişlaş nafaqasini tölaş va yetkazib beriş xarajatlari respublika budjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.
Avvalroq, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan 18 yoşgaça bolalarning kasalliklari röyxati (34 ta) tasdiqlangandi.












