Özbekistonda onalarga farzandi bir yoşga tölgunga qadar bola parvarişi nafaqasi tölanadi. Özini özi band qilgan va ixtiyoriy suğurta tizimiga qöşilgan ayollar ham bu tölovni olişi mumkin, ammo norasmiy işlaydigan onalarga nafaqa berilmaydi.
Özbekistonda işlaydigan ayollarni onalik davrida qöşimça qöllab-quvvatlaş maqsadida bola parvarişi nafaqasini joriy etiş belgilanmoqda. Yangi tartibga köra, homiladorlik va tuğiş davri yakunlanganidan söng bola parvarişi nafaqasi axborot tizimlaridagi maʼlumotlar asosida avtomatik ravişda tayinlanadi va onaning ijtimoiy kartasiga tölab beriladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi boş mutaxassisi Dilşodxon Muhamedjonovaning aytişiça, bu tizim 2026-yildan joriy etilgan davlat ijtimoiy suğurtasining mantiqiy davomi hisoblanadi.
“2026-yildan boşlab joriy qilingan davlat ijtimoiy suğurtasi yangi tizimining mantiqiy davomi sifatida işlayotgan ayollarning onalik davrida qöşimça qöllab-quvvatlaş maqsadida ularning farzandi 1 yoşga tölgunga qadar bolalar parvariş nafaqasini joriy etiş belgilanmoqda. Ijtimoiy suğurta jamğarmasi orqali işlayotgan ayollarni homiladorlik va tuğiş davridan boşlab to farzandlari 1 yoşga tölgunga qadar ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlaş közda tutilgan. Muhim jihati, jamğarma tomonidan bugungi kungaça tayinlanayotgan homiladorlik va tuğiş nafaqasi kabi bola parvarişi nafaqasi ham murojaat talab etilmagan holda, ayollardan qöşimça hujjat yoki idoralarga borib ariza qoldiriş talab etilmagan holda proaktiv şaklda tayinlanişi belgilanmoqda. Bunda axborot tizimlarida mavjud tizimlar asosida homiladorlik va tuğiş davri yakunlanganidan keyin avtomatik tarzda bola parvarişlaş nafaqasi tayinlanadi. Bu onaning ijtimoiy kartasiga töğridan-töğri tölab beriladi.
Bugungi kunga qadar yangi tizim joriy qilingandan boşlab yanvar-avgust oylarida qariyb 94 ming ayolga homiladorlik va tuğiş nafaqasi tölab berilgan. Bola parvarişi nafaqasi joriy qilinganda aynan şu ayollar uçun töğridan-töğri bu nafaqani ham jamğarma orqali oliş imkoniyati yaratiladi”.
Kimlar nafaqa oladi?
Hozirça yangi tölov Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va ijtimoiy suğurta tizimi bilan qamrab olingan işlaydigan onalarga taalluqli. Şu bilan birga, özini özi band qilgan ayollar ham uşbu imkoniyatdan foydalanişi mumkin.










