Hayotda har bir odamning öz hikoyasi bor. Hamma ham kimligi, qayerda tuğilgani, bugungi kunga yetib kelgunça nimalarni boşdan ötkazgani haqida istagança aytib beriş mumkin. Lekin ba’zilarning hikoyalari boşqalarnikidan ham qiziqroq böladi va ajralib turadi. Quyida şunday insonlardan birining qiziqarli hayot yöli haqida.

Tete Mişel Kpomassi – eskimoslar yaşaydigan Grenlandiyadek sovuq ölkaga sayohat qilgan birinçi afrikalik odam.

Tete Mişel Kpomassi

Grenlandiya – dunyoning eng sovuq ölkalaridan biri va odatda, bu yerda harorat minusdan past böladi.

Grenlandiya
Foto: Getty Images

Tetening vatani bölmiş Togoda esa havo – buning teskarisi, doimiy issiq.

«Afrikadan qoçiş»

Kpomassi 1941 yilda Togoda tuğilgan va bor-yöği 6 yillik maktab ta’limini körgan, xolos. Uning otasi ular yaşaydigan an’anaviy jamiyatga tegişli qişloqdagi taniqli şaxslardan biri, uning 26 nafar farzandi bor edi.

Kpomassi yoşligida yonğoq daraxtiga çiqib, zaharli ilondan qattiq qörqib yiqilib tuşadi. Qörquvdan keyin paydo bölgan boladagi holatdan xalos qiliş uçun otasi uni ilonlarga boğliq e’tiqodga siğinuvçi mahalliy ruhoniyga olib boradi. Bolani davolagan ruhoniy Kpomassi 7 yil junglida ilonlar orasida yaşaşi kerakligini şart qilib qöyadi.

Tuzalgan va jungliga, ilonlar orasiga yuborilişini kutib xavotirda yurgan bola Robert Gessian yozgan «Grenlandiyadan Alyaskagaça bölgan hududlardagi eskimoslar» kitobini öqib qoladi. Kitobdan Grenlandiyada ilonlar ham, ular yaşirinişi mumkin bölgan daraxtlar ham yöqligini bilib oladi va bu ölkaga muhabbat qöyadi. Şundan söng u öz uyidan qoçib ketadi, xayolini esa qanday qilib Grenlandiyaga yetib oliş mumkinligi haqidagi ğoya band qilgandi.

12 yillik sayohati davomida Kpomassi Afrika ğarbidan Yevropagaça bölgan yöllarni bosib ötadi va nihoyat, 1960-yillar örtalarida Grenlandiyaga boradigan kemani topadi. Şunday qilib, Kpomassi şimoldagi sovuq ölkaga kelgan ilk afrikalik böladi. Öşanda u 24 yoşda edi.

Foto: Getty Images

Qora tanli odam körmagan mahalliy aholi

Tete Mişel Kpomassi ayni paytda 80 yoşda. U Grenlandiyaga ilk marta borgani haqida şunday eslaydi:

«Bizni Grenlandiyaga olib kelgan kemani mahalliy aholi böğozda kutib turgandi. Sababi, kema ular qiş böyi muhtoj böladigan mahsulotlar bilan töla edi. Biroq aholi özlarini undan ham özgaça syurpriz kutib turganini bilmagan bölsa kerak.

Foto: Getty Images

Kemadan tuşişdan oldin biroz kutib turdim. Sababi, ularda meni körgaç paydo böladigan reaksiya noma’lum edi, bu yerlik aholi oldin qora tanli odamlarni körmagan bölsa kerak, deb taxmin qilayotgandim. Şunday bölib çiqdi: kemadan tuşganimda hamma menga qarab qoldi: ular haqiqiy odam ekanimni yoki niqob taqib olganimni bilişmayotgandi. Bolalar onalarining orqasiga bekinib oldi. Ba’zilar meni toğdan tuşgan ruh deb öylab, yiğlab yubordi. Nihoyat, bir ayol mening odam ekanimni anglab, "kelişgan ekan", deb baqirdi».

Issiq va sovuq ölkalardagi farqlar

Albatta, Kpomassi kelgan Afrikada harorat arktik iqlimdan katta farq qilardi. U bundan taşqari ikki hudud örtasidagi jiddiy madaniy farqlarni ham anglaydi. Özi ösgan Togodagi ziravorli, qaynatilgan ovqatlar va bu yerda okeandan ovlanib xomligiça ham iste’mol qilinadigan baliqlarning farqi bor edi.

Foto: Getty Images

Bundan taşqari, u Togoda bolalarni kattalarga böysunuvçan qilib tarbiyalaşsa, Grenlandiyada kattalar yoşlarning gapiga quloq solişini köradi. Afrikalik sayohatçi keyinçalik bularning barçasi haqida «Grenlandiyadagi afrikalik» degan kitob yozadi. Bu sarguzaşt asar 10ta tilga tarjima qilingan.

Haqiqiy Grenlandiya

Kpomassi, öz navbatida, Grenlandiya va Togoning öxşaşliklariga ham duç keladi. Uning aytişiça, Togoni u yerdagi hayot Fransiya koloniyasi ta’sirida ekani uçun ham taşlab kelgan. Biroq Grenlandiya ham undan farqli emasdi. Bu yer ham allaqaçon koloniyalaştirilgan hudud, Yevropa ta’sirida edi. Şuning uçun ham u hududning töla öziga xosligini, iglu uylari (qorni presslab tayyorlanadigan uyçalar) va ovçilarni izlab eng şimoliy hududlargaça boradi.

«Grenlandiyada birinçi qor yoğişini körganingda haqiqiy Grenlandiyani his qilişing mumkin. Havo harorati keskin pasayadi, suv muzlaydi va grenlandiyaliklar mamlakatning haqiqiy qirollariga aylanişadi. Begonalar hududni tark etadi, keksa donişmandlik ğalaba qozonadi. Men eng köp yoqtirgan erkinlik mana şu edi», deb xotirlaydi Kpomassi.

Afrikaga qaytiş

Sayohatlar davomida tillar örgangan, özini tarbiyalagan, yangi joylarni körgan Kpomassi Grenlandiyada18 oy bölib Togoga qaytadi. Bu paytda u xorij tillarini biladigan sayohatçi edi. Keyinroq Kpomassi öz taassurotlari haqida Afrika, Yevropada leksiyalar qiladi. 

Özi esa Parijda yaşab, oila quradi, lekin orada Grenlandiyaga borib kelib turadi.

Kpomassi hozir ham Fransiyada yaşaydi. Grenlandiyaga oxirgi sayohati 2021 yil sentabr oyida bölgan. U Afrikada ötgan bolaligi haqida ikkinçi kitobini yozişni niyat qilgan.

Zilola Ğaybullayeva tayyorladi.