Yevropa Ittifoqi Grenlandiyaga investitsiyalarni sezilarli darajada köpaytiriş niyatida. Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen 7-sentabr kuni Daniya tarkibidagi avtonom hududga taşrifi çoğida yangi investitsiya rejalarini taqdim etişi kutilmoqda.
Moliyalaştiriş, jumladan, muhim minerallarni qazib oliş va qayta işlaş, sunʼiy yöldoş aloqasini rivojlantiriş hamda qayta tiklanadigan energetika sohalariga yönaltiriladi.
Fon der Lyayen 6-sentabr kuni Grenlandiya maʼmuriy markazi Nuuk şahrida yangi moliyaviy paket «sezilarli hajmda» bölişini maʼlum qildi.
Grenlandiya boş vaziri Yens-Frederik Nilsen esa avtonom hudud Yevropa Ittifoqi bilan yaqin döstlik munosabatlari va mustahkam şeriklikni rivojlantirişni istaşini bildirdi.
Yevropa komissiyasi raisi Grenlandiyaga ikki kunlik taşrif bilan kelgan. Taşrifdan közlangan maqsadlardan biri Grenlandiya va Daniya hukumatlarini qöllab-quvvatlaş ekani aytilmoqda.
Arktikaning geosiyosiy ahamiyati oşib bormoqda
Grenlandiya atrofidagi jarayonlar Arktikaning jahon siyosati va iqtisodiyotidagi ahamiyati ortib borayotgan bir paytga töğri kelmoqda.
Muzliklarning erişi mintaqadagi tabiiy resurslardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Şu bilan birga, yangi dengiz yöllarining paydo bölişi Arktikaning transport va harbiy-strategik ahamiyatini ham oşirmoqda.
Ayniqsa, Grenlandiyadagi muhim minerallar zaxiralari yirik davlatlar eʼtiborini tortmoqda. Şu sababli orol iqtisodiy manfaatlar bilan bir qatorda geosiyosiy raqobat nuqtalaridan biriga aylanib bormoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp joriy yilda AQŞ Grenlandiya ustidan nazorat örnatişi kerakligini bir neça bor taʼkidladi. U Daniya Grenlandiya xavfsizligini yetarli darajada taʼminlay olmasligini iddao qilgan.
Kopengagen va Nuuk hukumatlari esa AQŞ prezidentining bunday talablarini qatʼiy rad etgan.
Iyul oyida Turkiyada ötkazilgan NATO sammitida Tramp Grenlandiyaga nisbatan öz pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlagan.








