Toşkentda jinoiy guruh Rossiyaning AI-95 rusumli benzini solingan yettita sisternadagi mahsulotni öğirlab ketdi. Bu haqda Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlaş departamenti xabar bermoqda.
Joriy yilning 30 yanvar kuni fuqaro B.S., Ş.D., D.I. va boşqa şaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, Rossiyaning Orsk şahri neftni qayta işlaş zavodidan Toşkent şahri, Sergeli tumani 5-dahada joylaşgan “Carpe Diem Energy” MÇJ xorijiy korxonasiga yuborilgan 7 ta vagon-sisternaga yuklangan AI-95 markali benzin mahsulotlarini öğirlab olib ketgan.
Qayd etilişiça, ular vagonlarning tepa qismidagi lyukiga örnatilgan tamğalarni kesib, vagon lyuklarini oçib, benzinni öz boşqaruvlarida bölgan neft mahsulotlarini taşişga möljallangan transport vositalariga yuklagan va voqea joyidan yaşiringan.
Mazkur holat yuzasidan B.S. va boşqalarga nisbatan Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Uşbu moddada körsatilgan jazo - sakkiz yildan ön beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş.












