IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berişiça, voqea 20 fevral kuni soat 23:00 larda Navoiy şahrida sodir bölgan. Şaharning “Yagodnaya” köçasida yaşovçi, 57 yoşli S.D. öz uyida tanişi, 42 yoşli S.M. bilan spirtli içimlik iste’mol qilgan. Keyin ular örtasida janjal kelib çiqqan va tanişlar bir-biriga tan jarohati yetkazişgan. Oqibatda fuqaro S.M. hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Navoiy şahar IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan S.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş maqsadida odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. U gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, protsessual tartibda uşlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.