Zamonamizda barça axborot va ma’lumotlarni internet orqali oliş omma uçun qulay bölib qoldi. Şu sababdan bugun internet naşrlar auditoriyasi kengayayotgani sir emas. “Najot ta’lim” va “Osmondagi bolalar” loyihalari asosçisi Temur Adhamov televizor körmay qöyganiga ança bölganini aytadi.

Bugun hamma internetda

Oxirgi marta televizor körganim esimda yöq. Hozir hatto televizorlar ham internetga ulangan: uydayam, işxonadayam.

Bugun öz biznesini yölga qöyganlar uçun eng yaxşi reklama uslubi – internet orqali berilgan reklama bölib qoldi. Çunki e’tibor bersak, hammaning qölida telefon. Bu narsani çeklay olmaymiz, sababi inson har doim axborotga muhtoj.

Yaxşi auditoriyaning sizga va kompaniyangizga hurmati oşişini istasangiz...

Kun.uz sayti öziga xos auditoriya töplay oldi. Saytni kuzatib boradiganlar yaxşi bilişadiki, bugun eng yaxşi platformalardan biriga aylandi.

Auditoriya bilan auditoriyaning farqi şundaki, Kun.uz’da yuqori saviyali insonlar, siyosat va iqtisodiyotdan xabardor, jamiyatdagi voqealarni tahlil qila oliş qobiliyatiga ega auditoriya şakllangan. Qörqmasdan aytişim mumkinki, bu saytda reklama beriş har taraflama manfaatli böladi.

Kun.uz’ning axborotni xolis va tezkorlik bilan yoritişi tufayli u yerda doimiy reklamalar joylaş yaxşi auditoriyaning sizga va kompaniyangizga nisbatan hurmatini oşiradi.

Kun.uz – bu professionalizm

Bugun jurnalistikada professionalizm nima deb söralsa - qörqmasdan Kun.uz deyiş mumkin. Xalqning dardi bölib turgan paytda Kun.uz har doim ular bilan birga böldi. Öz pozitsiyasini bildirdi.

Jamoaga söz erkinligini ta’minlaşda juda katta xizmat körsatgani uçun alohida minnatdorçilik bildiraman.