Özbekistonda iyul oyidan buyon Twitter va yana 4ta internet platforma bloklangan holda qolmoqda. 3 noyabr kuni Telegram va boşqa eng ommabop tarmoqlar ham bloklandi, biroq prezident aralaşuvi bilan qisqa vaqtda taqiq yeçildi.

Mazkur bloklaş operatsiyalari qonun doirasida röy bermoqda. Tegişli qonun moddasini bekor qiliş masalasi kun tartibida emas.

Tarmoqlar çeklanişi ayni soatlarda ham davom etmoqda va qonun amalda ekan, çeklov doirasi yana kengayişi mumkin. Kun.uz bu borada IT sohasi vakillarining fikrlari bilan qiziqdi.

“Ijtimoiy tarmoqlar bloklanişi kiçik biznesni asosiy quvvat manbayidan mahrum qiladi”

“Najot ta’lim” öquv markazi asosçisi Temurbek Adhamovga köra, ijtimoiy tarmoqlar bloklansa, kiçik biznesning reklama beriş imkoniyatlari favqulodda kamayib ketadi. Aholining şaxsiy ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlaş maqsadida çiqarilgan bu qonun VPN'lar tufayli teskarisiga işlaşi mumkin.

Temurbek Adhamov

“Ayni vaqtda kiçik va örta biznesning mijozlarni jalb qiliş quvvati ijtimoiy tarmoqlarga boğlangan. Agar ijtimoiy tarmoqlar bloklansa, biznes asosiy quvvatidan ayriladi. Bizda reklama beriş uçun ijtimoiy tarmoqlarning muqobili bölgan televideniye va gazetalar bölişi mumkin. Lekin, televideniye juda qimmat, oddiy tadbirkorlar uni kötara olmaydi. Gazetalarda reklama berişning esa samaradorligi juda past. Ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvçilarni tavsiya qiliş algoritmi ham tadbirkorlarga juda mos keladi.

Bu tarmoqlar bloklansa, kiçik va örta biznes tadbirkorlari öz mahsuloti borligini reklama qilolmaydi, natijada işlab çiqarişni kamaytiradi, xizmat körsatişda esa mijozlar kamayib ketadi. Bu esa öz-özidan iş örni va soliqlar kamayadi, degani. Masalan, şaxsan özim yuritayotgan öquv markazidagi mijozlarning 70 foizi ijtimoiy tarmoqlar orqali keladi, bu juda arzon reklama.

Yana bir narsa, tarmoqlar bloklangaç, köpçilik VPN orqali ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni boşlaydi. Aksar foydalanuvçilar, litsenziyasiz va bepul VPN'lardan foydalanadi. Bu esa sizning ma'lumotlaringiz uçinçi şaxslar tomonidan ham köriladi degani. Endi tasavvur qiling, davlat organlarida yoki bankda işlaydigan şaxs VPN orqali ijtimoiy tarmoqlarga kiryapti…