Bunga mavjud tayanç stansiyalarini jadal modernizatsiya qiliş va yangilarini işga tuşiriş, tegişli infratuzilmani takomillaştiriş orqali erişildi. Yil davomida Mobiuz 2,3 mingdan ortiq törtinçi avlod tayanç stansiyalarini efirga uladi – bu kompaniyaning butun tarixidagi rekord körsatkiçdir.

Transport tarmoğini rivojlantiriş doirasida 70 dan ortiq radiorele aloqa liniyalari oraliqlari qurildi va 1,3 mingdan ortiği modernizatsiya qilindi, 36,6 ming metrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari tortildi.

Amalga oşirilayotgan barça loyihalar ikkita ustuvor vazifani hal qilişga qaratilgan. Yirik şaharlar va viloyat markazlarida – bu tarmoqlar siğimini yanada oşiriş, mobil internet barqarorligini ta’minlaş, signal yöqolib qolişi mumkin bölgan joylar sonini qisqartiriş, tuman va qişloqlarda iş jarayoni 4G LTE qamrovini maksimal darajada kengaytirişga yönaltirilgan.

Uşbu çora-tadbirlar natijasida Mobiuz’ning umumiy internet-trafigida 4G LTE uluşi 63,6 foizni taşkil etdi va ösişda davom etmoqda. Boşqaça qilib aytganda, kompaniya abonentlari umumiy sarflayotgan internetining 63,6 foizi 4G LTE’ga töğri kelmoqda.

Operatorning texnik bloki jamoasi oldida ulkan vazifalar turibdi. Xitoy Xalq Respublikasi bilan investitsiya loyihasi doirasida ma’lumotlarni uzatiş xizmatlarini 4G LTE tarmoqlariga töliq ötkaziş rejalaştirilgan. Joriy yilda kamida 1000 ta 4G LTE tayanç stansiyalarini işga tuşiriş, 5Ğni tölaqonli faollaştiriş va uni yanada rivojlantiriş rejalaştirilgan. Transport tarmoğini modernizatsiya qiliş, noyob xizmatlarni joriy etiş uçun billing tizimini yanada takomillaştiriş işlari davom ettirilmoqda.

Yil boşidan buyon mamlakatimiz böylab 40 dan ortiq aholi punktlarida önlab tayanç stansiyalari işga tuşirildi. Kegeyli, Oltinköl, Jamanşa (Qoraqalpoğiston), Miraki (Qaşqadaryo viloyati), Qorayantoq (Xorazm viloyati), Daugiztau (Navoiy viloyati) qişloqlarida va boşqa köplab aholi punktlarida infratuzilmani faol rivojlantiriş amalga oşirildi.

Uşbu aholi punktlarida mobil internet tezligining sezilarli yaxşilanişi kompaniya abonentlariga raqamli xizmatlardan foydalaniş, katta hajmdagi fayllarni yuklab oliş, video tomoşa qiliş yoki onlayn öyinlarni real vaqtda öynaş imkonini berdi.

“Hootsuite” xizmatining ma’lumotlariga köra, zamonaviy foydalanuvçilar kuniga örtaça 6 soat 58 daqiqani internetda ötkazişadi. Ijtimoiy platformalar, onlayn öyinlar, internetdan faol foydalaniş – bularning barçasi foydalanuvçilarni global tarmoqda köproq vaqt ötkazişiga undaydi. Bu Mobiuz abonentlariga ham töliq taalluqlidir.

Mobiuz yangiliklarini rasmiy Telegram-kanalda kuzatişingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida