Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Şveytsariyaning Jyeneva şahrida bölib ötadigan BMTning inson huquqlari böyiça kengaşi yiğilişiga bora olmaydi. Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
YeI Rossiyaga qarşi aviatsion sanksiyalar kiritgani sababli Rossiya vaziridan qator hujjatlar rasmiylaştiriş talab qilingan. Rossiya tomoni bu talabni bajarişdan boş tortgan.
"Bunday inqirozli vaqtda a’zo mamlakatlarning faoliyatini ta’minlaş Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va tadbir ötkazayotgan mamlakatning majburiyati hisoblanadi", - dedi Zaxarova.
Avvalroq Rossiya samolyotlariga Yevropa Ittifoqi havo kengliklari yopilgandi.
Bundan taşqari, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovga qarşi personal sanksiyalar e’lon qilingan.













