Qayd etilişiça, keça, 27 fevral kuni Ukrainaning Lvov şahridan Özbekiston fuqarolaridan iborat navbatdagi guruh Ukraina-Polşa çegarasidagi «Krakovets-Karçova» nazorat-ötkaziş punkti sari yölga çiqqan.

Bundan taşqari, Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi taqdim etgan ma’lumotga köra, şu vaqtgaça 600 dan ziyod Özbekiston fuqarosi Polşa çegarasiga yetkazilgan. 

Elçixona vakillarining ma’lum qilişiça, Özbekiston fuqarolarini evakuatsiya qiliş işlari izçil davom etmoqda.

Avvalroq, Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi mamlakatdagi özbekistonlik fuqarolarni evakuatsiya qiliş işlari haqida qöşimça ma’lumot bergandi.

Qayd etilişiça, fuqarolar Ukraina–Polşa çegarasini kesib ötişni boşlagan. Ukraina va Polşa çegaraçilari, birinçi navbatda, ayollar va bolalarni ötkazmoqda. 

Çegarani kesib ötiş uzoq vaqt oladi. Birinçi guruh uçun bu jarayon 14 soat davom etgan. Lvovga köp sonli qöşimça evakuatsiya poyezdlari yetib kelgani hisobiga çegarani kesib ötiş vaqti çözilişi mumkin.