Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi mamlakatdagi özbekistonlik fuqarolarni evakuatsiya qiliş işlari haqida qöşimça ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, hozirda fuqarolar Ukraina–Polşa çegarasini kesib ötişni boşlagan. Ukraina va Polşa çegaraçilari, birinçi navbatda, ayollar va bolalarni ötkazmoqda. Çegarani kesib ötiş uzoq vaqt oladi. Birinçi guruh uçun bu jarayon 14 soat davom etgan. Lvovga köp sonli qöşimça evakuatsiya poyezdlari yetib kelgani hisobiga çegarani kesib ötiş vaqti çözilişi mumkin.

«Çegarada odamlarning köpligi tufayli avval e’lon qilingan «yaşil yölak» işlamayapti, çegaradan ötiş fuqaroligidan qat’i nazar, navbat asosida amalga oşirilmoqda. Çegarani kesib ötiş piyoda amalga oşirilmoqda, şu munosabat bilan fuqarolarimizdan çegarada sovuq havo bölayotganini hisobga olişlarini söraymiz. Hujjatlari bölmagan (u yoki bu sabablarga köra) fuqarolarimiz uçun şaxsni tasdiqlovçi hujjatning heç bölmaganda qoğoz körinişidagi nusxasi yoki mobil telefonida skaner qilingan nusxasi bölişini söraymiz», deyiladi elçixona murojaatida.

Çegara oldidagi tirbandlik holatlari vaziyatdan kelib çiqqan holda elçixona ayollar va bolalarni imkoni boriça çegaraga yaqinroq joyga yetkazişni ta’minlaydi. Mustaqil ravişda çegaraga yetib boriş imkoniyatiga ega bölgan fuqarolarga töğridan-töğri çegaraga boriş tavsiya etiladi.

«Lvovga yetib kelgan hurmatli vatandoşlar, sizdan xotirjam bölişingizni söraymiz. Afsuski, diasporamiz vakili M.Soliyev bir vaqtning özida yuzlab odamlarning muammolarini jismonan hal qila olmaydi. Şu munosabat bilan, imkon qadar bir-biringizga yordam berişingizni, yurtdoşlarimizga kelişni muvofiqlaştirişda yordam beradigan köngillilar guruhlarini şakllantirişingizni iltimos qilib murojaat qilinmoqda. Xalqimizning milliy an’analariga asoslanib, yurtdoşlarimizdan, eng avvalo, ayollar, bolalar, talaba-yoşlar va keksalarga yordam berişlarini söraymiz», deyiladi xabarda.

Polşa tomonida Özbekistonning Polşadagi elçixonasi vakili joylaşgan bölib, fuqarolarni vatanga jönatiş işlarini muvofiqlaştiradi. Vakil hujjatlar rasmiylaştiriş bilan aeroportda şuğullanadi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Ukraina hududida 4300 ga yaqin Özbekiston fuqarosi borligini ma’lum qilgandi.