Navoiyda insonlarning qölbola usulda oltin qazib olişi bugunning gapi emas. Xatirçi tumanidagi Oltinsoy qişloği aholisi bu faoliyat bilan 15 yillar oldin şuğullana boşlagan. Keyinçalik bunday usulni boşqa tumanlarda yaşovçi aholi ham örganib olgan.

Bundaylarni özaro «lixoradçiklar» deb ataşadi. Bu noqonuniy oltin izlovçilar faoliyatiga berilgan «Oltin vasvasasi» atamasining rusçasi — «Zolotaya lixoradka»dan kelib çiqqan. Bugun Navoiy viloyatining köplab hududlarida «lixoradçik»larni uçratiş mumkin. Ular asosan taşlandiq konlar va özlari kovlagan ğorlarda işlaşadi. Oltin qazib oliş usullari ham turliça. Masalan, kimdir soylarning tuproğini yuviş orqali samorodka, ya’ni tabiiy mayda soçma oltin bölaklarini izlasa, boşqasi tarkibida oltin zarralari bölgan ruda – jila qazib oladi.  

Soçma oltin bölakçalarini izlab topiş uçun kerka, ketmon va qölbola usulda yasalgan kiçik yuviş texnologiyasi kifoya. Ammo jila qazib oliş uçun çöl yoki toğ hududlarida yura oladigan maşina, dvijok, elektron bolğa, keli va boşqa uskunalar kerak böladi. Namuna uçun çuqurdan olib çiqilgan jila bölagi kiçik kelida tuyilib, suvda yuvib köriladi. Agar oltin zarralari körinsa, jilani qazib oliş işlari boşlanadi.

“Dastavval qirning ustidan maxsus çuqur (kanob) qaziladi. Şu çuqurdan rudaning toşi çiqa boşlaydi. Jila böş yoki tilla zarralari bilan bölişi mumkin. Kovlab kirganda toş namunalari tuyulib, yuvib köriladi. Qaçonki tilla zarralari körinsa, keyin öşa joyda iş boşlanadi. Çuqurlik har xil böladi, 50 metrgaça ham qazib kiraveriş mumkin. To tilla zarralari bölgan ruda topilmagunça, bir-ikki oylab ham izlanaveradi. Birdaniga çiqib qoladigan narsa emas bu. Mehnati oğir. Kelib tekşirişlar, quva-quv holatlarida ehtiyotsizlik qilib, öziga tan jarohati yetkazib qöyiş, ölim bilan boğliq voqealar bölmoqda. Taxminan 2009 yilda boşlangan bunaqa qölbola usulda oltin qazib oliş işlari. Odamlar asosan toğlarda ruda izlab topadi”, — deydi Kun.uz bilan suhbatlaşgan “tillaçi” (iltimosiga binoan uning şaxsini oçiqlamaslikka qaror qildik).

Tillaçilar guruh-guruh bölib işlaşadi. Ularning xarajatlarini uyuşgan guruh rahbari moliyalaştirib turadi. Qazib olingan toş bölaklari guruhboşining uyida quritiladi. Keyin esa toş tegirmoniga olib borilib, un kabi maydalanadi.

Tegirmondan keyingi manzil tillaçilar tilida «moyka» deyiladi. Bu yerda ezilgan toş yuviladi hamda tillasi ajratib olinadi. Keyingi bosqiçda ajratib olingan tilla zarralari kimyoviy yöl bilan sof tillaga aylantiriladi va sotiladi. Şu tariqa topilgan puldan xarajatlar çiqarilib, sof foyda guruh a’zolari örtasida taqsimlanadi.

Aslida, oltin qazib oliş lotereya öynaganday gap: kimgadir bir martada yutuq çiqadi, kimdir oylab yer kovlab yuraveradi. Ammo köpçilik uçun bu «lotereya»ni öynaş oğir musibatlarga olib kelyapti. Oltin vasvasasi insonlarni yaqinlaridan ayirmoqda.

Birgina Konimex tumanining çöl hududida joylaşgan «Lolazor» nomli taşlandiq konda sönggi uç oyda önlab insonlar qum bosib qolişi oqibatida vafot etdi. Xususan, 2021 yilning 23 dekabr kuni konga tuşib ketgan buxorolik 5 nafar fuqaro qaytib çiqmadi. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimlari ön kunlik qaziş işlaridan keyin ularning jasadini 2022 yil 4 yanvar kuni 30 metr çuqurlikdan topişdi. Vafot etganlar orasida aka-uka ham bor edi.

2 nafar farzandidan ayrilgan Karim Rahimov şunday deydi:

“Mana, mahallamizdan 4 ta oilaning boşiga oğir judolik tuşdi şu işning ketidan. Farzandimning 3 nafar bolasi qoldi ortida. Umuman foydasi yöq ekan. Halok bölganlarning barçasining yoş farzandlari bor edi. Bunday oğir judolik heç kimning boşiga tuşmasin”.

2021 yilning 12 iyun kuni esa Xatirçi tumanining Oqtepa mahallasida taşlandiq kondan oltin qazib olayotgan 4 nafar böz yigit çiqindi gazdan böğilib, vafot etdi. Afsuski, bu kabi hodisalar keyingi paytlarda köplab sodir bölmoqda.

Tillaçilarning gaplariga köra, ular bu faoliyatni töxtatişmoqçi emas. «Lixoradçik»lar tomonidan qazib olinib, sotilayotgan oltin noqonuniy yöllar orqali çet davlatlarga çiqib ketayotgani ham bor gap. Tegişli organlar, respublika darajasidagi mutasaddilar bu borada öylab körişi zarur.  

Ruslan Saburov,
Kun.uz muxbiri.

Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.