Xatirçi tumanidagi Oltinsoy qişloği toğlar orasida joylaşgan, bir neça mahalladan iborat. Hudud aholisi asosan çorvaçilik va uzumçilik bilan şuğullanadi. Çamasi 15 yillar oldin qişloq erkaklari hamda yoş yigitlar yoppasiga atrofdagi toğlardan qölbola usulda oltin qazib olişga kirişib ketişgan. Oltin vasvasasi hamon davom etmoqda. Eng dahşati şundaki, bu ötgan muddatda köplab insonlar turli sabablar bilan toğda vafot etişgan. Kimnidir toş bosib qolgan, boşqasi qoyadan qulab tuşgan va hokazo.

2021 yilning 12 iyun kuni bölgan voqea esa barça oltinsoyliklarning qalbini larzaga keltirdi.

Qişloq ahlining ma'lum qilişiça, öşa kuni tunda (tillaçilarning aksariyati tun paytida işlar ekan —tahr.) bir guruh yigitlar oltin qazib oliş uçun toğ tepasidagi taşlandiq konga borişgan. Tarkibida oltin bölgan toşni ajratib olişda elektr tokida işlaydigan uskunalar zarur. Şu sababli ikki yigit kon içida benzin bilan işlovçi dvijokdan foydalanişgan. Afsuski, yonilği yoqilişi natijasida dvijokdan ajralib çiqqan gazdan nafas olgan yigitlar vafot etişgan. Ularni qutqariş uçun konga kirgan yana ikki yigit ham voqea joyida halok bölgan.

Qişloq oqsoqollari atrofdagi toğlarda 9ta taşlandiq kon borligini va ularning barçasi davlat tomonidan foydalanişda bölmasa ham oğzi oçiq holda qoldirilganidan norozi bölmoqda. Ularning ta'kidlaşiça, tegişli mas'ullar bu masalaga e'tiborsizlik bilan qarayapti.

Jumladan, 83 yoşli Namoz Yöldoşev şunday deydi:

— Qişloğimiz aholisi köp yillardan buyon işsiz. Hududda yaşovçi yoşlarning 50-60 foizi doimiy iş örniga ega emas, xotin-qizlar töğrisida-ku, gapirmasa ham böladi. Lekin odamlar kun körişi kerak, yaşaşi kerak, bola-çaqasi bor. Şuning uçun toğga çiqib, konga borişga majbur bölişadi. U yerga borib körsangiz — dözax deysiz, toğning tagi ilma-teşik bölib ketgan. Afsuski, bu faoliyat köplab noxuşliklarga sabab bölmoqda. Mana, yaqinda halok bölgan yigitlarning ham ikkisi hali uylanmagandi, ikkisining esa uçtadan farzandi bor.