Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasidagi panel muhokamasida iştirok etib, AQŞ bilan aloqalar, nodir resurslarni qazib oliş töğrisidagi kelişuv, Putin bilan muzokaralar va NATOga a’zolikka muqobil kafolatlar haqida fikr bildirdi.

Myunxenda tinçlik kelişuvi imzolanmaydi

Zelenskiyning ta’kidlaşiça, afsuski, hozir tinçlik kelişuvi haqida gap bormayapti. Ukraina Vladimir Putin vakilligida muzokara olib borişni istamaydi, çunki u uruşni boşlagan şaxs. Ukrainaga AQŞning kuçli prezidenti Donald Trampning qöllab-quvvatlaşi kerak, u Kiyev tomonida bölişi juda muhim.

«Myunxenda tinçlik kelişuvi imzolanmaydi. Çunki bu — Myunxen. Bu yerda prezident Tramp yöq va biz bilamizki, bu yerda oldin nimalar imzolangan. Men bunday xatolarni takrorlamayman», — dedi Zelenskiy 1938 yili Hitler Çemberlen va hokazolar bilan imzolangan, Ikkinçi jahon uruşiga yöl oçgan Myunxen kelişuviga işora qilib.

Tinçlik kelişuvi faqat uruşni tugatiş böyiça reja işlab çiqilganidan söng paydo bölişi mumkin, bu reja esa Tramp va Yevropa tomonidan qöllab-quvvatlanişi kerak. «Çunki biz xavfsizlik kafolatlari haqida gapiryapmiz, şuning uçun muzokaralar stolida Yevropaning ovozi juda muhim», — deb qayd etdi Zelenskiy.

Kritik minerallar himoya qilinişi lozim

Zelenskiy Tramp va AQŞ rasmiylari bilan «juda yaxşi suhbat» ötkazganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Ukrainaga foydali qazilma boyliklari böyiça sarmoya kiritiş taklifi berilgan, ammo bunday resurslar qölga kiritilsa, ular Rossiya va uning ittifoqçilari — Şimoliy Koreya yoki ehtimoliy ravişda Xitoy qöliga tuşmasligini ta’minlaş zarur.

«Men bilmayman, Rossiya bosib olganidan keyin bu resurslarni kimga beradi. Biz strategik minerallarni saqlab qolişimiz kerak, bu mening asosiy pozitsiyam. AQŞ moliya vaziri Kiyevga kelişidan va hujjat taqdim etişidan xursandman. Men bu hujjatni yuristlarimiz örganişini aytdim va keyin öz izohlarimni beraman», — dedi Zelenskiy.

U bu hujjat xavfsizlik kafolatlari haqida emas, balki ikki tomonlama memorandum ekanini ta’kidladi. Zelenskiy AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens bilan uçraşişga tayyorligini bildirdi.