Markaziy bank 6 fevral kuni oltin quymalar va esdalik oltin tangalar narxlarini yangiladi. Qimmatbaho metallning 1 grammi narxi 1 mln 236 ming söm yoki 95,1 dollarga yetdi.

Ayni paytda 5 grammli oltin quymalar narxlari 6 mln 180 ming sömni, 20 grammlik ölçovli quyma esa 24 mln 718 ming sömni taşkil qilmoqda. 

Qimmatbaho metallning joriy narxlari yil boşidagi narxlardan 9,1 foizga, 2024 yilning mos davridagi narxlardan esa 48 foizga yuqori.

Ma’lumot uçun, Özbekiston Markaziy banki oltin va kumuşdan tayyorlangan esdalik tangalarni 2018 yilda muomalaga çiqargan. 2020 yil noyabridan boşlab esa özbekistonliklarda jamğarmalarini quyma oltin şaklida saqlaş imkoniyati ham paydo böldi: Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarini tijorat banklari orqali sotuvga çiqardi.

Oltin quymalari narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib çiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta körib çiqiladi. Şunga köra, narxlar doimiy özgaruvçan xarakterga ega böladi.

Özbekistonda oltin narxlarining oşişi global narxlar ösişi bilan izohlanmoqda. Jahonda oltin narxi uzoq muddatli rekordlarni yangilaşda davom etyapti. Ayni paytda oltinning bir troya unsiyasi 2867 dollarga baholanmoqda, bu bir gramm uçun 92,2 dollarga töğri keladi.