Navoiy viloyati prokuraturasining bayonotiga köra, hodisa 2021 yilning 23 dekabr kuni soat 23:30 larda sodir bölgan. Şofirkon tumanida yaşovçi A.T., U.A., O.Yo., Ş.I., T.M., Z.O., F.R., F.R. va Ğijduvon tumanida yaşovçi J.N. tilla qumini qazib oliş maqsadida Konimex tumanining Karakata ovulida joylaşgan “Lolazor” taşlandiq koniga borişgan. Taxminan 25-30 metr çuqurlikdagi kondan qum qazib olişayotgan vaqtida A.T., U.A., J.N., F.R va F.R.ni qum bosib qolib, voqea joyida vafot etişgan.
“Şu kunning özida maxsus texnika vositalari va qöl kuçi yordamida murdalarni tuproq ostidan olib çiqiş işlari boşlab yuborilgan. Joriy yilning 3 yanvar kuni 30 metr çuqurlikdan ularning murdalari topilgan. Holat yuzasidan Konimex tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi prokuratura bayonotida.
FVVning xabar berişiça, tuproq ostida qolganlarni izlab topiş uçun 5 ta texnika va 63 nafar xodim jalb qilingan. Fuqarolarning jasadi sud-tibbiy ekspertizadan ötkaziş uçun Zarafşon şahar tibbiyot birlaşmasiga yuborilgan.













