Taşqi işlar vazirligi Ukrainadagi vaziyat tufayli Özbekiston elçixonasini boşqa şaharga köçiriş masalasi rejalaştirilmayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, fuqarolardan «Kiyevda elçixonalari bölgan köplab davlatlar öz idoralarini Lvov şahriga köçirdi. Özbekiston ham şunday yöl tutişni rejalaştirganmi?», qabilida savol kelib tuşgan. Bunga Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili quyidagiça javob bergan:
Ayni paytda bizning asosiy ustuvor vazifamiz Ukrainadagi mavjud oğir vaziyatni inobatga olgan holda barça Özbekiston fuqarolarini xavfsiz evakuatsiya qilişni ta’minlaşdir. Elçixonaning boşqa hududga köçirilişi bu jarayonlar samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi. Şu nuqtai nazardan hozirda elçixonamizni Kiyevdan köçiriş masalasi körib çiqilmayapti.
Bundan avvalroq 2 mart tongiga qadar Ukrainadan Polşa orqali Özbekistonga 1186 kişi yetkazilgani xabar qilingandi. Hozirda Polşada Özbekistonning 800 nafardan ortiq fuqarolari bölib turibdi.












