Rossiya qöşinlari 26-oktabr keçqurun Kievga ballistik raketalar bilan zarba bergan. Ukraina Havo kuçlari maʼlumotiga köra, raketalar Bryanskdan uçirilgan.

Kiev meri Vitaliy Kliçko mahalliy vaqt bilan soat 23:00 atrofida kamida bir kişi halok bölgani va 10 kişi jabrlanganini maʼlum qilgan. Uning sözlariga köra, töqqiz nafar yarador şifoxonaga yotqizilgan, ulardan uç nafarining ahvoli oğir.

Zarbalar poytaxtning Desnyan va Dnipro tumanlariga töğri kelgan. Desnyan tumanida metro stansiyalaridan biri va universitet yotoqxonasi yaqiniga zarba tuşgan.

Dnipro tumanida esa noturar binolar joylaşgan hududdagi bino nişonga tuşgan. Şu tumandagi tibbiyot muassasalaridan birining ikki bölimida derazalar singan. Kliçkoning maʼlum qilişiça, bemorlar va tibbiyot xodimlari jabrlanmagan.

Kiev şahar harbiy maʼmuriyati Desnyan tumanida turarjoy binosi ham şikastlanganini bildirgan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, uning içida odamlar çiqolmay qolgan bölişi mumkin.

DW xabari eʼlon qilingan paytda hujumlar, jumladan, reaktiv dronlar yordamida ham davom etayotgan edi. Zarbalarning boşqa oqibatlari aniqlaştirilmoqda.

Bundan bir neça soat avval Rossiya qöşinlari Xarkivga ham hujum qilgan. Şahar meri Igor Terexovning maʼlum qilişiça, Novobavar tumanida ikki kişi halok bölgan, tört kişi yaralangan.

Xarkivda köp qavatli va xususiy uylar, şuningdek, avtomobillarga zarar yetgan.