Bolalar texnoparkini taşkil etiş loyihasi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Maktabgaça ta’lim vazirligi xabar berdi.
Vazirlik vakillari va D.Mendeleyev nomidagi Rossiya davlat kimyo-texnologiyalar universitetining prorektori I.Yeryomin boşçiligidagi delegatsiya örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot çoğida ta’lim sohasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan ma’lumot almaşildi, şuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida özaro anglaşuv memorandumi va Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun tabiiy fanlarga ixtisoslaştirilgan bolalar texnoparkini taşkil etiş böyiça «Yöl xaritasi» imzolandi.
Bolalar texnoparki bolalarning erta yoşdan tabiiy fanlar, şuningdek, fizika, kimyo, biologiya va ekologiya sohalari böyiça boşlanğiç bilimlarini egallaş imkoniyatiga ega bölgan ta’lim loyihasiga aylanişi közda tutilgan.
Bildirilişiça, mazkur loyiha mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblar böyiça kadrlar tayyorlaşga xizmat qiladi.












