SSV Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli ötkazilgani haqida xabar berdi. Şu yilning 23 fevral kuni 2004 yilda tuğilgan bemor A. oğir holatda tez tibbiy yordam maşinasida RŞTYoIM qabulxonasiga olib kelingan.
Bemor quriliş obektining 5-qavatidan yiqilib tuşgani sababli jarohat olgani aniqlangan. U zudlik bilan şok zaliga yotqizilib, markaz mutaxassislari tomonidan boş miya, böyin, kökrak va bel umurtqa poğonasi, kökrak qafasi, qorin böşliği a’zolarida MSKT tekşiruvi hamda qorin böşliği, kökrak qafasida ultratovuş tekşiruvlari ötkazilib, bemorga taşxis qöyilgan.
«Tegişli mutaxassislar tekşiruvidan söng qöyilgan taşxis asosida bemorda zudlik bilan bir neça jarrohlik amaliyotlari ötkazildi. Dekompressiv lyaminektomiya, ayrim umurtqalarni reklinatsiya va stabilizatsiya qiliş orqali umurtqa poğonasiga transpedikulyar sistema örnatiş kabi operatsiyalar şular jumlasidan. Yuqori saviyada ötgan amaliyotlar natijasida bemorning hayoti saqlab qolindi», deydi markaz direktori Doniyor Alimov.
Operatsiyadan keyin kökrak va bel sohasi MSKT qilinganda, heç qanday xavf aniqlanmagan.

Ötkazilgan jarrohlik amaliyotlari va davo çoralari natijasida ösmir yigitning umumiy ahvoli yaxşilandi. Hozirda uning gemodinamik körsatkiçlari barqarorlaşib, kundan kunga ijobiy özgarişlar qayd etilmoqda.












