Viloyat hokimi Xayrulla Bozorov Kuvayt jarrohlik kengaşi prezidenti Muhammad Alkandarini qabul qildi.
Özbekistonda tibbiyot sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, malakali mutaxassislarni tayyorlaş borasidagi işlar haqida töxtalib ötildi, bu jarayonda xalqaro hamkorlik va ilğor tajribalarni örganiş muhimligini ta’kidlandi.
Ayni paytda Kuvayt jarrohlik kengaşi hamda Adan şifoxonasi viloyatdagi CAMU – Xalqaro tibbiyot universiteti va "Meridian" klinikasi bilan hamkorlikni yölga qöymoqda. Taşabbus doirasida Kuvaytning tajribali şifokor va professorlari iştirokida Farğonada murakkab jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş, magistratura talabalarini öqitiş hamda ularni stajirovkalarga yuboriş rejalaştirilgan.
Muhammad al-Kandari uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berib, kelgusida boşqa qator loyihalarni ham yölga qöyiş niyatida ekanini bildirdi.












