Magistraturada öqimay Britaniyada PhD’ga qabul qilingan qiz – özbekning 23 yoşli Dengizi saratonni tadqiq qilyapti
|22:15 / 11.05.202426 7009 min
“Bolaligimda barbilar örniga anatomik figuralar bilan öynaganman, ertaklar örniga tibbiy jurnal öqib berişgan. Bakalavriatdagi tadqiqotlarim sabab Buyuk Britaniyada magistraturada öqimasdan doktoranturaga qabul qilindim”, deydi Deniz Akin. U ilmiy iş himoyasidan keyin Özbekistonga qaytib, vatanda turib saraton kasalliklariga qarşi kuraşmoqçi.
Deniz Akin ayni paytda 23 yoşda, u Toşkentda tuğilib ösgan. 2018 yilda Londonga Brunel universitetining bakalavriat bosqiçi biotibbiyot va genetika yönalişida öqiş uçun ketadi. Va şu davrdan uning ilm-fan dunyosiga sayohati boşlanadi.
Örganişdan çarçamaydigan Deniz universitetdagi öqişidan taşqari turli nufuzli taşkilotlarda amaliyot ötaşga ham vaqt topadi. U Özbekistonda Molekulyar tibbiyot va hujayra texnologiyalari laboratoriyasi, Nobel farmatsevtika, Respublika Saraton markazida bir muddat işlab, amaliyot qiladi. Turkiyada Myogen genetik kasalliklar va diagnostika markazida, Buyuk Britaniyada esa GSKʼda (GlaxoSmithKline - ingliz farmatsevtika kompaniyasi) genetik toksikologiya sohasida iş olib boradi.
Deniz hozirgi kunda Birlaşgan Qirollik – Uelsdagi Suonsi universitetida saratonni erta aniqlaş böyiça tadqiqot olib boryapti. Unga erişgan yutuqlari sabab magistraturani öqimasdan turib doktoranturada öqiş imkoniyati berilgan. Tadqiqotlarini himoya qilsa, vatandoşimiz Yevropaning rivojlangan davlatida tibbiyot va soğliqni saqlaş fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini oladi.
Deniz “Mikrofon qizlarda” loyihasida özining qanday qilib tibbiyotga qiziqib qolgani, saratondan qörqiş kerak emasligi haqidagi muhim ma’lumotlari bilan bölişdi.
“Ertak kitoblar örniga tibbiy jurnallar öqib berişgan”
Men Toşkent şahrida tuğilib ösganman. Otamning millati turk, u 90 yillarning boşlarida iş uçun bu yerga köçib kelgan va Özbekistonda onam bilan tanişib qolib, oila qurişgan.
Bolaligim boşqalarniki bilan deyarli bir xil ötgan. Kunlarimning köp qismini mahallamiz atrofida yugurib, quyoş botgunça döstlarim bilan öynab ötkazardim. Ammo keçqurun men uçun kunning eng sevimli qismi edi. Sababi, har oqşom onam menga bolalar tibbiy jurnallarini öqib berardi. Ularning har biri tananing turli qismlari haqida ma’lumot berar, uning qanday işlaşini va nima vazifa bajarişini tuşuntirardi. Öşa paytlari onam bilan ötgan keçki mutolaa vaqti men uçun eng sevimli davr edi.
Mavzuga oid
Şu tariqa bolaligimdan ilm-fanga qiziqib qolganman. Barbilar örniga ota-onam sovğa qilgan anatomik figuralar bilan öynadim. Qiziqişim tufayli maktabdan taşqari ham biologiya va anatomiyadan qöşimça darslarga qatnaşardim.
“Saraton sabab buvim vafot etgan”
Garçi bolalikdan tibbiyot yönalişiga qiziqa boşlagan bölsam-da, aniq qaror qilişimga hayotimdagi dahşatli yöqotiş sabab böldi. 15 yoşimda meni doimo qöllab-quvvatlab, dalda berib kelgan buvim saraton kasalligidan vafot etdi. Oxirgi telefon suhbatlarimizdan birini heç qaçon unutmayman. Öşanda buvim menga katta bölgaç, bu kasallikka davo topib, uning hayotini saqlab qolişim mumkinligini aytdi.
Buvim olamdan ötganidan keyin men özimga va’da berdim: garçi uni qutqara olmagan bölsam ham, hayotimni boşqalarga yordam berişga bağişlayman. Men his qilgan yöqotiş va noçorlik hissini boşqalar boşdan keçirişini xohlamasdim.
Örta maktabni tugatganimdan söng tasodifan Brunel universitetida genetika sohasida öqişimga yordam bera oladigan bir insonni uçratdim va şundan keyin akademik sayohatim boşlandi. Londonga ilk marta öqiş uçun kelganimda 18 yoşda edim.
Universitetda öqiş davomida kursning bir qismi sifatida Buyuk Britaniyadagi yirik farmatsevtika kompaniyasi bölgan GSK’da bir yil amaliyot qiliş imkoniga ega böldim. U yerda men genetik toksikologiya böyiça işladim va öz xulosalarimni muhim anjumanda taqdim etdim. Natijada menga faqatgina moddiy mukofot emas, balki magistrlik darajasini butunlay çetlab ötib, doktorlik dissertatsiyasini davom ettiriş imkoniyati ham berildi.
Universitetga oxirgi kursimga qaytib, osteosarkoma va yangi terapevtik usullar böyiça qisqa muddatli tadqiqotlar ötkazdim. Bu loyiham esa Buyuk Britaniyada Biologiya qirollik jamiyatining mukofotiga sazovor böldi.
Saraton qözğatuvçi moddalarni tadqiq qilyapman
Hozirda men Suonsi universitetida doktorlik dissertatsiyasini davom ettirmoqdaman, u yerda men sohadagi yetakçi mutaxassislar bilan işlaş imkoniga ega böldim. Tadqiqotim genetik toksikologiyaga qaratilgan bölib, u kanserogenlarni (saraton qözğatuvçi moddalar) aniqlaş va ularning mexanizmlarini tuşunişga bağişlangan.
Men har doim öz işimni Özbekiston bilan boğlaşga – vatanda keng tarqalgan muammoni hal qilişga urinib kelaman. Mamlakatimizda oşqozon saratoni – saraton sabab kuzatiladigan ölimning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Mening tadqiqotim oşqozon-içak hujayralari çiziqlarini örganişga bağişlangan. Odatda oçiq olovda yoki yuqori haroratda pişiriladigan ovqatlarda, ayniqsa, göştlarda uçraydigan kimyoviy moddalarning ta’sirini örganyapman. Maqsadim – bu kimyoviy moddalarning oşqozon-içak hujayralariga genotoksik (DNKga zarari) ta’sirini aniqlaş va bizning diyetamiz hamda saraton xavfi örtasidagi har qanday potensial aloqalarni örganişdan iborat.
Bundan taşqari, loyihamning boşqa qismi hujayradagi energiya almaşinuvini, oddiy söz bilan aytganda, bizning hujayralarimiz tomonidan energiya işlab çiqarilişini örganişga bağişlangan. Men undan kanserogenezni (saraton qözğatuvçi) erta aniqlaş uçun biomarker sifatida foydalanmoqçiman.
Odamlar nega saratondan qörqadi?
Men "saraton" sözi bilan boğliq qörquvni töğri tuşunaman. Köpçilik saraton özlariga heç qaçon ta’sir qilmaydi deb öylaydi va şuning uçun zarur çoralarni körmaydi. Menimça, bu munosabat zararli bölişi mumkin. Saraton bu aniq haqiqat. Köpçiligimiz bu kasallik bilan kuraşgan yoki şu sabab vafot etgan odamni bilamiz. Şuning öziyoq kasallik haqida ma’lumotga ega böliş muhimligini anglatadi. Hozirgi kunda olimlarning saratonni davolaş borasida qilayotgan izlanişlariga esa optimistik nigoh bilan qarayman.
Biz esa özimizni yaxşiroq himoya qiliş uçun birinçi navbatda saraton nima ekanini tuşunişimiz kerak. Aslida, saraton hujayralarimizdagi xatolardan kelib çiqadi. Bizning DNK mutatsiyaga uçraydi va bu mutatsiyalar vaqt ötişi bilan töplanib, saraton hujayralarining rivojlanişiga olib keladi. Bu hujayralar tez ösadi va bölinadi, ular hatto juda oğir şaroitlarda ham tanada rivojlaniş xususiyatiga ega.
Özbekistonda saratonni davolaşni maqsad qilganman
Kelgusi uç yil içida doktorlik dissertatsiyam ustida işlayman.
Buyuk Britaniyadagi vaqtimni qançalik qadrlasam ham, vatandek joy yöq. Özbekiston mening hayotimda alohida örin tutadi: men ösgan joy, döstlarim, ota-onam bor.
Bundan taşqari, vatandan menga körsatilayotgan qöllab-quvvatlov va imkoniyat beqiyos bölib, özimda minnatdorlik va bir paytning özida mas’uliyat tuyğusini ham sezaman. Xorijda olgan bilim va tajribam bilan qaytib, jamiyatimizga hissa qöşişni juda xohlayman.
Ilm-fanga qiziqadigan yoşlarga tavsiyalar
Agar siz ilmga qiziqayotgan bölsangiz, men sizni doim qiziquvçan bölişga va qiyinçiliklarga duç kelsangiz ham, doim yölingizda davom etişga çaqiraman. Yana hayratlaniş tuyğungizni ham saqlab qolişingizni söragan bölardim.
Saratondan saqlaniş böyiça tavsiyalar
Suhbat oxirida saraton kasalligiga çaliniş xavfini kamaytiriş uçun bir neçta tavsiyalar berib ötmoqçiman. Buni Harvard Health saytidan ham topiş mumkin.
Çekmang: tamaki mahsulotlaridan (sigaretalar va tamaki çaynaş) butunlay voz keçing.
Soğlom parhez: Qayta işlangan göşt va qizil göşt iste’molini çeklab, meva, sabzavot va töliq donlarga boy ovqatlanişni tanlang.
Muntazam jismoniy faollik: Soğlom vaznni saqlang va jismoniy faoliyatni kundalik hayotingizga kiriting.
Quyoşdan himoyalaniş: Özingizni quyoşdan himoya qiling. Quyoşdan himoyalovçi vositalardan foydalaning, himoya kiyimlarini kiying va quyoş eng kuçli payt:10:00 dan 16:00 gaça undan saqlaning.
Spirtli içimliklarni çeklang.
Emlaşlar: Gepatit B va odam papillomavirusi (HPV) kabi saratonga olib kelişi mumkin bölgan virusli infeksiyalarga qarşi emlaning.
Muntazam ravişda öz-özini tekşiriş va turli xil saraton turlari uçun skrininglar - davolaş muvaffaqiyatli bölganda saratonni erta aniqlaş imkoniyatini oşirişi mumkin.
Atrof-muhit xavflari: Atrofingizdan xabardor böling, işda va uyda potensial kanserogenlar va zaharli kimyoviy moddalar ta’siridan saqlaning.
Stressni boşqariş: Stress va saraton örtasidagi töğridan töğri boğliqlik aniq bölmasa-da, stressni samarali boşqariş sizning umumiy farovonligingizni yaxşilaydi va soğliğingizni saqlaşga yordam beradi.