Deputatning yozişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida “Davlat boji töğrisida”gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqidagi masala körib çiqilmoqda. Qonun loyihasiga köra notarial harakatlar uçun tölanadigan bojlar sezilarli darajada kamaytirilişi kutilyapti.

Jumladan, avtomototransport vositalarini boşqa şaxsga ötkaziş şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun:

  • avtotransport vositasi uçun bazaviy hisoblaş miqdori (BHM)ning 3 baravari (amalda transport vositasi dvigatelining quvvati ot kuçiga va işlab çiqarilgan sanasiga qarab BHMning 2 baravaridan BHMning 10 baravarigaça);
  • bitta mototransport, motoaravaça, motoqayiq uçun BHMning 25 foizi (amalda BHMning 10 foizidan BHMning 50 foizigaça);
  •  avtomototransport vositalarini boşqariş va tasarruf qiliş huquqini beruvçi işonçnomalarni va avtomototransport vositalaridan tekin foydalaniş şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun boj boşqa şaxslarga BHMning 2 barobari (amalda BHMning 3 baravari) belgilanmoqda.

Köçmas mol-mulkni boşqa şaxsga ötkaziş bilan boğliq şartnomalarni tasdiqlaganlik uçun:

  • agar köçmas mol-mulk Toşkent, Nukus şaharlari va viloyat markazlarida joylaşgan bölsa, BHMning 1,5 baravari (amalda maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan BHMning 3 baravarigaça);
  • agar köçmas mol-mulk boşqa aholi punktlarida joylaşgan bölsa, BHMning 1 baravari (amalda maydoniga qarab BHMning 50 foizidan BHMning 1,5 baravarigaça).

Qayd etilişiça, vafot etgan fuqaroning şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya ta’minotiga nisbatan merosga bölgan huquq töğrisida guvohnoma berişda davlat bojidan ozod qiliş maqsadida notarial harakatlar amalga oşirilganda şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağidagi mablağlari uçun davlat bojini tölaşdan ozod etilmoqda.

Bundan taşqari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş sohasidagi hujjatlarni rasmiylaştiriş hamda berişda yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar identifikatsiya ID-kartalarini berganlik uçun davlat bojini tölaşdan ozod qilinmoqda. Mazkur imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar tomonidan birinçi marotaba identifikatsiya ID-kartalari olganda qöllaniladi.

Mol-mulkni ijaraga beriş şartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga özgartirişlar kiritganlik uçun:

  • mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga BHMning 10 foizi (amalda BHMning 25 foizi);
  • jismoniy şaxslar uçun BHMning 25 foizi (amalda BHMning 50 foizi);
  • yuridik şaxslar uçun yoki agar taraflardan biri yuridik şaxs bölsa, BHMning 50 foizi (amalda BHMning 1 baravari);
  • mol-mulkdan tekin foydalaniş şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun, bundan “p” kiçik bandida belgilangan hollar mustasno BHMning 25 foizi (amalda BHMning 50 foizi).

Garov, ipoteka va lizing şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun:

  • jismoniy şaxslar örtasida BHMning 1 baravari (amalda şartnoma summasiga qarab jismoniy şaxslar uçun BHMning 1 baravaridan BHMning 2 baravarigaça);
  • yuridik şaxslar örtasida yoki taraflardan biri yuridik şaxs bölsa, BHMning 2 baravari (amalda şartnoma summasiga qarab yuridik şaxslar uçun BHMning 2 baravaridan BHMning 4 baravarigaça) etib belgilanmoqda.
  • Qarz şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun BHMning 25 foizi miqdorida undiriladi (amalda şartnoma summasiga qarab, qarz şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun BHMning 25 foizidan BHMning 1 baravarigaça).
  • Qarz şartnomasi summasi çet el valutasida ifodalansa, davlat bojining miqdori çet el valutasidagi qarz summasining notarial harakat amalga oşirilgan sanadagi Özbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs böyiça milliy valutadagi ekvivalentidan kelib çiqib hisoblanadi va undiriladi.