Qayd etilişiça, departamentning Mirobod tuman bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Fuqarolar M.N., M.Ş. va M.X. tumandagi tijorat bankidan özi va tanişlari nomiga 783,6 mln söm kredit ajratişga erişib, kredit mablağini talon-toroj qilgani, şuningdek, uşbu mablağ evaziga “B.” nomli birja ilovasi orqali 36 000 AQŞ dollarini “kriptovaluta savdosi”ga tikkani hamda “Spark” va “Jyentra” avtomaşinalarini sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan mulkni legallaştirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ma’lum qilinişiça, hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.












