11 mart kuni Ukrainadan Polşaning Katovitse aeroporti orqali 254 nafar Özbekiston fuqarosi olib kelindi. Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakilining ma’lum qilişiça, olib kelinganlardan 69 nafari ayol, 37 nafari voyaga yetmagan şaxs va 14 nafari çaqaloq.

“28 fevraldan 11 martga qadar 25 ta aviareys taşkillaştirildi hamda harbiy harakatlar keçayotgan hududlardan 5 634 nafar vatandoşimiz qaytarildi”, – deyiladi xabarda.

Ukrainadan Moldova hududiga qoçib ötgan 98 nafar özbekistonlik 10 mart kuni Ruminiya orqali vatanga qaytarilgan edi.