Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ulardan 17 nafari ayollar, 5 nafari voyaga yetmagan shaxslar va 4 nafari chaqaloqlardir.
Qayd etilishicha, Polsha hududida mamlakatning 220 nafarga yaqin fuqarosi, Ukraina-Polsha chegarasida esa 50 ga yaqin o‘zbekistonlik qolmoqda.
11 mart kuni bitta evakuatsiya reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Bundan oldin Moldovada bo‘lgan 94 nafar o‘zbekistonlik Ruminiyadan evakuatsiya qilinishi ma’lum bo‘lgandi.












