Turkmanistonda mahalliy vaqt bilan soat 17:00da navbatdan taşqari prezident saylovi ovoz beriş uçastkalari yopildi, deb xabar berdi TASS.

Ovoz beriş ertalab 07:00da boşlangandi. Mamlakat böyiça 2577ta, respublika taşqarisida 41ta ovoz beriş uçastkasi oçildi.

Ma’lumot berilişiça, jami 3,4 mln nafardan ortiq saylovçi röyxatga olingan. Markaziy saylov komissiyasiga köra, soat 15:00 holatiga saylovçilarning 86,34 foizi ovoz bergan.

Mamlakat prezidentligi uçun töqqiz nafar nomzod, jumladan, Turkmanistonning amaldagi prezidentining öğli Sardor Berdimuhamedov kuraş olib bormoqda. Saylovçilarning yarmidan köproğining ovoziga ega bölgan nomzod prezidentlikka saylangan deb hisoblanadi.