Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Xitoy mustaqil xalqaro valuta-moliya tizimi loyihasini işlab çiqmoqda. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiya va makroiqtisodiyot böyiça vaziri Sergey Glazevga tayanib Sputnik Qirğiziston xabar berdi.
Qayd etilişiça, tizim iştirokçi mamlakatlarning milliy valutalari va birja mahsulotlari narxi indeksi hisoblanuvçi yangi xalqaro valutaga asoslanişi közda tutilmoqda.
"Jahon iqtisodiyotining sekinlaşişi hamda YeOII va Xitoyga nisbatan çeklovlar bilan boğliq umumiy xatarlarni hisobga olgan holda mamlakatlarimiz amaliy hamkorlikni kuçaytirişi lozim", — dedi Glazev.
Xabarga köra, dastlabki loyiha mart oxiriga qadar muhokama uçun taqdim etiladi.
Avvalroq Hindiston va Rossiya özaro hisob-kitoblarni milliy valutalarida olib borişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.












