Osiyo Çempionlar ligasi guruh bosqiçiga ötiş pley-off bahsi doirasida Qarşining «Nasaf» klubi Birlaşgan Arab Amirliklarida mahalliy «Baniyas» klubiga qarşi saf tortdi.

Abu-Dabidagi «Baniyas Stadium»da keçgan bir öyindan iborat uçraşuvda OÇL guruh bosqiçiga çiqiş yöllanmasi tikilgan edi. BAA çempionatining 6-örinidagi jamoaga qarşi uçraşuvda «Nasaf» raqibidan kuçli ekanini körsata oldi.

Uçraşuvning 27-daqiqasida qarşiliklarning rossiyalik legioneri Ivan Solovevning öng qanotdan uzatgan töpini çap qanot himoyaçisi Şerzod Nasrullayev raqib darvozasiga joylab, hisobni oçdi – 1:0.

Ikkinçi bölimning 75-daqiqasida esa «Nasaf» yoş töpurari Husayn Norçayev ajoyib zarbasi bilan farqni ikkitaga oşirib, Röziqul Berdiyev şogirdlarining işonçli ğalabasini ta’minladi – 2:0.

Şu tariqa, «Nasaf» ötiş öyinini muvaffaqiyatli ötkazib, joriy mavsumda Osiyo Çempionlar ligasida Özbekiston şarafini himoya qiladigan ikkinçi klubga aylandi. Şu bilan birga Qarşi klubi ötgan yilgi Superliga vitse-çempioni Jizzaxning «Söğdiyona» jamoasini OFK Kubogida qatnaşişiga sabab bölişdi.

OÇL pley-off ötiş bahsi.
«Baniyas» (BAA) – «Nasaf» - 0:2
Gollar: Şerzod Nasrullayev 27, Husayn Norçayev 75.
Boş hakam: Ali Sabah (Iroq)
«Baniyas»: 55. Fahad Al-Dhanhani, 17.Ali Issa (45.Ahmad Robiya, 66), 4.Xolid Al-Hoşimi, 31.Saşa Ivakoviç, 52.Husayn Abbos, 23.Xamis Solih, 7.Favaz Avana, 10.Nikolas Ximenes, 11.Gaston Suares, 18.Suhayl Ahmad, 70.Muhammad Raşid (42.Ahmad Abunamus, 75).
«Nasaf»: 1.Umidjon Ergaşev, 8.Dilşod Saitov, 4.Husniddin Aliqulov, 92.Umar Eşmurodov, 34.Şerzod Nasrullayev, 7.Şarof Muhitdinov (18.Bahrom Abdurahimov, 68), 22.Akmal Mozgovoy, 88.Marko Stanoyeviç, 77.Oybek Bozorov (Alibek Davronov, 90), 9.Ivan Solovyov (17.Suhrob Nurulloyev, 60), 10.Husayn Norçayev (99.Semir Smaylagiç, 90).