Andijon şahridagi ikkinçi kiçik dahadagi köp qavatli uylarga suv oqimi zarar yetkazmasligi uçun Maşrab va Lermontov köçalari kesişgan joyda sun’iy ariq kovlanib anhorlarga yönaltirildi.
Şuningdek, Kun.uz muxbiri xabariga köra, Fitrat va Farğona köçasi kesişgan hududda ham yöl örtasidan ariq kovlanib anhorlarga oqizilmoqda.




Seşanba kuni tunda yoğgan yomğir oqibatida ikkinçi kiçik dahadagi 63- va 64-uylarni sel oqimidan ihota qiliş maqsadida uylar atrofiga qum töldirilgan qoplar bilan sun’iy tösiqlar qöyildi. Har ikki uyning yertölalari suvga tölgan.
Andijon viloyat favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari maxsus uskunalarda yertöladagi suvlarni tortib olib, kanalizatsiya quvurlariga yönaltirmoqda.




“Lermontov va Maşrab köçalari kesişmasida seşanbadan-çorşanbaga ötar keçasi aholi yaşaydigan köp qavatli uylar, ijtimoiy obektlar va savdo dökonlarini kuçli suv oqimidan asraş maqsadida hamkor taşkilotlar – viloyat hokimligi, “Suvoqova” taşkiloti, Obodonlaştiriş bölimi xodimlari bilan birgalikda qöşimça kuçlar, texnika vositalari yordamida 300 metr sun’iy ariq kovlandi.

Ayni paytda suv oqimi katta ariqqa yönaltirilgan. Viloyat favqulodda vaziyatlar bölimi qismlari turli joylarda tun-u-kun xizmat olib bormoqda. Hozirda şaharning uçta köçasida mana şunday ariqlar kovlandi va harakatlaniş töxtatildi”, deydi Andijon viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimi Baxtiyorjon Dadaboyev.





Elmurod Ermatov,
Azizbek Ismoilov,
Kun.uz










