Poytaxt hokimligi xabariga köra, 2022 yilning 30 martidan 11 apreligaça, issiq suv böyiça issiqlik iste’molçilarini çegaralamagan holda, issiqlik tarmoqlarining mexanik çidamliligi va ziçligi (yuqori bosimda) sinovdan ötkaziladi.

Quyidagi issiqlik markazlarini, bahorgi ta’mirlaş işlari munosabati bilan, töliq rejali töxtatiş möljallanmoqda:

  • 1-IM «Şimoli-Şarqiy» — 16 maydan — 20 maygaça;
  • 2-IM «Qorasuv» — 23 maydan — 27 maygaça;
  • 3-IM «Ğarbiy» — 9 maydan — 13 maygaça;
  • 4-IM «Şimoliy» — 23 maydan — 27 maygaça;
  • 5-IM «Çilonzor» — 16 maydan — 20 maygaça;
  • 6-IM «Janubi-Ğarbiy» — 9 maydan — 13 maygaça;
  • 7-IM «Aviasozlar» — 30 maydan — 3 iyungaça;
  • 8-IM «Sergeli» — 30 maydan — 3 iyungaça;
  • «Vodnik» — 9 maydan — 13 maygaça;
  • «Sanoatenergo» — 30 maydan — 3 iyungaça;
  • ToşIEM — 6 iyundan — 10 iyungaça.

Issiqlik manbalarining amal qiliş hududlari manzillari röyxati:

«Sanoatenergo» qozonxonasi ta’sir doirasida 6 aprel kuni issiq suv ta’minoti bölmaydi.

4-IM issiqlik manbasining töxtatilişi davrida, 10-IM issiqlik manbasi ta’sir doirasida bölgan manzillarda issiq suv ta’minoti bölmaydi. 5-IM issiqlik manbasining töxtatilişi davrida, 9-IM issiqlik manbasi ta’sir doirasida bölgan manzillarda issiq suv ta’minoti bölmaydi.