Sanoat rahbari taşrifi davomida 30 ga yaqin mahalliylaştiriş korxonalari, jumladan, Uz Koram Ko MÇJ, Uz-Tong Heung Co AJ, Öz Erae Climate control MÇJ va boşqa korxonalarda böldi. Komplayens xizmati bilan hamkorlikda Şavkat Umurzoqov sohadagi har bir korxonada auditorlik tekşiruvini ötkazmoqda, xususan, logistika, ta’minot zanjiri (Supply chain), mahsulot sifatini yaxşilaş va biznes-rejalar bajarilişi örganilmoqda.
15 mart kuni UzAuto Motor’da Şavkat Umurzoqov raisligida bölib ötgan kengaytirilgan işçi yiğilişidagi asosiy mavzu 2022 yil uçun budjet va biznes-reja masalalari böldi. “Özavtosanoat” boşqaruv raisi özining qisqa kiriş sözida bu yilgi biznes-rejada nafaqat belgilangan maqsadlarga erişiş, balki 2021 yilda nimalar ötkazib yuborilganiga ham jiddiy e’tibor qaratiş zarurligini ta’kidladi.

Bu yilda butun avtomobilsozlik sanoati va UzAuto Motors oldiga aniq maqsad qöyildi – avtomobil işlab çiqarişda maksimal yuqori körsatkiçlarga erişiş. Şu bilan birga, yiğilişda ta’kidlanganidek, avtomobil işlab çiqaruvçilarning 2022 yilgi biznes rejasida doimiy özgaruvçan siyosiy-iqtisodiy muhit şuningdek, davom etayotgan logistika va yarimötkazgiçlar inqirozi kabi qiyin şaroitlarda sifatni yaxşilaş va işlab çiqarişni optimallaştiriş bilan mahsulot qatorini kengaytiriş uçun juda katta maqsadlar qöyilgan.
Reklama huquqi asosida











