Bir neça kun oldin Kun.uz saytida Nukusda hamşiralar uylarni oqlaş işlariga jalb qilingani haqida xabar berilgandi. Unda Oilaviy poliklinika hamşiralari sovuq va namgarçilikda aholi uylarini oqlaşga majburlangani aytilgandi.

Qoraqalpoğiston SSV Kun.uz savoliga javoban hamşiralar devor oqlaşga emas, aholiga “uyini oqlaş böyiça tavsiyalar beriş”ga çiqarilganini ma’lum qildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, vaziyat yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tegişli mutaxassislar bilan birgalikda tekşiriş işlari ötkazilmoqda.

Qoraqalpoğiston prokuraturasi holat töliq örganilib, natijasi haqida batafsil ma’lumot berilişini qöşimça qilgan.

Bundan oldin uşbu voqea ortidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi va Özbekiston mehnat vazirligi ham öz tekşiruvlarini boşlaganini ma’lum qilgandi.