Yevropa parlamenti rossiyalik va belaruslik diplomatlar hamda davlat xizmatçilarining Bryussel va Strasburgdagi qarorgohlariga kirişini taqiqladi. Bu haqda Yevroparlament prezidenti Roberta Metsola öz Twitter sahifasida ma’lum qildi.
«Bugundan boşlab Rossiya va Belarusning diplomatik va hukumat vakillariga Yevroparlament binolariga kiriş taqiqlandi. Demokratik tartibni buzişga uringanlarga demokratiya uyida joy yöq»,— deb yozdi Metsola.
15 mart kuni Yevroittifoq Rossiyaga qarşi sanksiyalarning törtinçi paketini joriy etdi. «Rosneft», «Transneft» va «Gazpromneft» hamda KamAZ sanksiyalar röyxatiga tuşdi.
Şuningdek, yangi sanksiyalarda Rossiyaga pölat, haşamatli buyumlar, premium-klass avtomobillari va zargarlik mahsulotlari yetkaziş taqiqlangan.













