Uruş boşlanganidan buyon Vladimir Zelenskiy Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uçraşişni talab qilib keladi. Siyosatçilar özaro muloqot qilişga erişa olişmagan esa-da, lekin ularning qiyofadoşlari allaqaçon uçraşişdi, deb yozadi TJournal.
«Rossiya prezidenti» Kiyevda bölib turgan «Ukraina prezidenti»ga Polşadan boşpana topişga yordam bergan, uni Ukrainadan olib çiqişni esa «Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In» taşkillaştirgan.
Özbekistonlik Umid Isaboyev — kasbi böyiça avtoböyoqçi (Kun.uz u bilan intervyu ham uyuştirgan edi — tahr). 2019 yilda uning Moskva metrosida tuşirilgan fotosurati Ukraina prezidenti Zelenskiyga juda öxşaşligi uçun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Kutilmagan maşhurlikdan söng Umid Rossiya prodyuserlik kompaniyasi bilan işlay boşlagan, bir neça bor teleşoularda qatnaşgan, hattoki Zelenskiyni maşhur qilgan «Xalq xizmatkori» serialining yangiça talqinida rol öynaş taklifini olgan.

2021 yilda Isaboyevning şartnomasi yakunlangaç, Ukraina hukumati uni Kiyevga taklif qilib, uy-joy bilan ta’minlab, iş topişda yordam berişgan. Fevral oyi oxirida Rossiya Ukrainaga hujum boşlagaç, u Kiyevda bölib turgan edi. Özining aytişiça, unga avvalgi iş beruvçilari aloqaga çiqib, uni Moskvaga qaytarib olib çiqişlarini, yangi şartnoma imzolaşni taklif qilişgan. Lekin Umid Isaboyev rad javobini bergan.
Unga yordamga Hovard Iks kelgan. U KXDR yetakçisi Kim Çen Inning eng maşhur qiyofadoşlaridan biridir.
U mart oyining boşida hamkasbi tuşib qolgan vaziyatdan xabar topgan va «qutqariş operatsiyasi»ni boşlagan. Buning uçun u yana bir prezident qiyofadoşi — polşalik Stiv Poland bilan boğlangan. Stiv 2013 yildan buyon omma oldida Vladimir Putin qiyofasida namoyon böladi: uning işlari içida Duran Duran guruhining «Anniversary» klipida s’yomka ham bor.

Poland ukrainalik volontyorlar bilan aloqaga çiqqan va Umid Isaboyevga yordam berişni söragan. 8 mart kuni Zelenskiyning qiyofadoşini poytaxt Kiyevdan 100 km naridagi boşqa şaharga olib çiqişgan, oradan uç kun ötgaç Polşa çegarasiga yetkazişgan. Bir neça soat içida Isaboyev boşqa qoçqinlar bilan birga çegara punktini kesib ötgan. Uning hikoya qilişiça, «prezident»ni ötkazayotib çegaraçilar kulib yuborişgan.

Foto: Howard X’ning Facebook sahifasidan
«Men unga mehmonxonaga joylaşişga yordam berdim. U hordiq çiqargaç, biz juda iliq suhbatlaşdik. Umid menga körsatilgan yordam uçun minnatdorçilik bildirdi. Biz uç soatça suhbatlaşdik: u öz işi haqida gapirib berdi», — degan Stiv Poland.

Foto: Howard X’ning Facebook sahifasidan
Umid Isaboyev Polandga Polşada uşlanib qolişi, öz qiyofasi bilan boğliq iş topişni rejalaştirayotganini aytgan. Hovard Iks dastlabki oylarda oziq-ovqat va turar joy masalasida yordam qilişga va’da bergan. Aktyorlarning sözlariga köra, ular satira va yumor vositasida «avtoritar davlatlar rejimiga qarşi turiş»da davom etişadi.













