Toşkent, Namangan va Buxoro viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotiş holatlariga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Prezidentning «Böstonliq tumanida boşqaruvning alohida tartibini joriy etiş orqali turizmni jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga muvofiq, 2021 yil mahalliy MÇJga investitsiya kiritiş şarti asosida köp qavatli turar joylar, kottejlar hamda madaniy va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari quriş uçun tuman hududidan 4 gektar yer ajratib berilgan.
Toşkent viloyatida yaşovçi, 1964 va 1970 yillarda tuğilgan ikki nafar şaxs tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirib, özlariga tegişli bölmagan uşbu 4 gektar yerni unga 800 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, oldindan 100 ming dollar olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmalari xodimlari tomonidan uşlandi.
Toşkent viloyatida kuzatilgan yana bir holatda esa Ohangaron tumani hokimligi xodimi toğli hududdan 500 gektar yaylov yer maydonini elektron auksion savdoda yutib, hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga, xaridordan talab qilingan 35 ming AQŞ dollaridan 20 ming dollarini avans sifatida olgan vaqtida uşlandi.
DXX Namangan viloyati böyiça boşqarmasi, Boş prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boşqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Kosonsoy davlat örmon xöjaligining nazoratçisi mazkur xöjalikka tegişli 85 sotix yer maydonini 49 yilga ijara şartnomasini tendersiz yutib beriş evaziga 55 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Buxoro viloyatida qayd etilgan holatda Qoraköl davlat örmon xöjaligi xodimi mahalliy MÇJga tegişli 5 gektar va boşqa bir fuqaro boşqaruvidagi fermer xöjalikning 3 gektar, jami 8 gektar yer maydonini 16 ming AQŞ dollari evaziga mansabdor tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilib, kelişilgan pulni olgan vaqtida DXX va Departamentning viloyat boşqarmalari xodimlari tomonidan uşlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












