Şimoliy Koreya 24 mart kuni özining yangi qit’alararo ballistik raketasi sinovini ötkazdi. Bu haqda KXDR davlat telekanallariga asoslanib, Al Jazeera xabar bermoqda.

Mahalliy OAVda yangi turdagi qurol deya atalayotgan Hwasong-17 ballistik raketasi sinovi Kim Çen Inning buyruği asosida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş va AQŞ bilan «uzoq davom etadigan qarama-qarşilik»ka tayyorgarlik köriş maqsadida uçirilgan.

Foto: Rodong Sinmun

Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In şaxsan boşçilik qilgan ballistik raketa sinovlariga doir kadrlar davlat telekanalida xuddi blokbaster filmlari kabi qöyib berilgan. Qora çarm kurtka va quyoşdan himoyalovçi közoynak taqqan Kim ikki nafar harbiy qurşovida raketa oldiga çiqib keladi va raketa uçirilişini kuzatib turadi.

Foto: Rodong Sinmun

Pxenyan xalqaro aeroportidan uçirilgan 25 metr uzunlikdagi raketa, rasmiy ma’lumotlarga köra, 6 248 m balandlikkaça kötarilgan hamda havoda ming kilometrdan ortiq uçib, 67 daqiqadan söng Yapon dengiziga qulagan.

«Koreya Xalq Demokratik Respublikasida paydo bölgan yangi qurol butun dunyoni yana bir bor bizning strategik qurolli kuçlarimiz qudratini aniq tuşunib olişga majbur qiladi. Davlatimiz xavfsizligiga tajovuz qilişga jur’at etişdan oldin har qanday kuç juda katta tölov tölaşiga töğri kelişini yaxşi bilişi kerak», – deya Kim Çen Inning sözlarini keltirmoqda davlat telekanali.

Foto: Rodong Sinmun
Foto: Rodong Sinmun

Tahlilçilarga köra, Şimoliy Koreya uçirayotgan raketalar mudofaa maqsadlaridan çetga çiqib, tahdid körinişiga ötgan. Şuningdek, KXDR AQŞ tomonidan özining yadroviy davlat sifatida tan olinişi hamda xalqaro sanksiyalar bekor qilinişini xohlamoqda.

Janubiy Koreya va AQŞ hozirça KXDR harakatlariga harbiy maşğulotlar ötkaziş bilangina javob berişi kutilmoqda. Çunki rasmiy Seulning asosiy ittifoqçisi ayni damda bor e’tiborini Rossiya-Ukraina mojarosiga qaratgan.

Lekin 24 mart kunining özida AQŞ davlat departamenti rasmiy vakili Ned Prays Şimoliy Koreya yadroviy dasturiga aloqador Rossiya bilan hamkorlikdagi ikkita kompaniya KXDR Tabiiy fanlar ikkinçi akademiyasiga nisbatan sanksiyalar e’lon qilinganini ma’lum qildi.

Şimoliy Koreya 2017 yilda ilk bor yadroviy bombaga ega qit’alararo ballistik raketani töliq sinovdan ötkazgan edi. BMT raisi ham AQŞ, Janubiy Koreya va Yaponiya tomonidan keskin muhokama qilingan uşbu sinovning Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalariga zid ekanini aytgan.

Holat yuzasidan, keça, 25 mart kuni BMT Xavfsizlik kengaşi majlisi bölib ötdi. Kengaşda nutq sözlagan boş kotibning siyosiy va tinçlikparvarlik masalalari böyiça örinbosari Rozmari DiKarlo Şimoliy Koreya tomonidan ötkazilgan qit’alararo ballistik raketa sinovi 2018 yilda e’lon qilgan moratoriy va Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalarining oçiqdan oçiq va qöpol buzilişi ekanini aytdi.

Rozmari DiKarlo – BMT Boş kotibining siyosiy va tinçlikparvarlik masalalari böyiça örinbosari / Foto: un.org

BMT rasmiysi KXDR şu yilning özida 12 marta turli hajmdagi ballistik raketalarni sinovdan ötkazgani, lekin heç bir sinovlardan oldin qöşnilarini xabardor qilmaganini ta’kidladi.

Şuningdek, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti Pxenyanni e’lon qilinmagan raketa sinovlari fuqarolik parvozlari uçun jiddiy xavf tuğdirayotgani haqida bir neça marta ogohlantirgan.

Bundan taşqari, AQŞ Davlat departamenti katta yettilik mamlakatlari taşqi işlar vazirliklari hamda Yevroittifoq bilan birgalikda KXDRning harakatlarini qoralovçi bayonot e’lon qildi.

«Uşbu ehtiyotsiz harakatlar mintaqaviy va xalqaro tinçlik hamda xavfsizlikka tahdid soladi, xalqaro fuqaro aviatsiyasi va mintaqadagi dengiz navigatsiyasi uçun xavfli va oldindan aytib bölmaydigan xavf tuğdiradi.

[...] Aniq bilamizki, KXDRdagi oğir gumanitar vaziyat davlat resurslarini öz xalqi farovonligiga emas, balki ommaviy qirğin qurollari va ballistik raketa dasturlariga yönaltirişi natijasidir. Biz barça davlatlarni BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan KXDRga tatbiq qilingan hamma çeklovçi çoralarni töliq va samarali amalga oşirişga çaqiramiz», – deyiladi kollektiv Ğarb bayonotida.

Şimoliy Koreya – Koreya yarimorolida joylaşgan totalitar-diktatura tizimidagi davlat. Maydoni 120 ming km\kv.dan ortiq, aholisi 26 millionga yaqin. 1948 yil – KXDR taşkil topganidan buyon Kimlar dinastiyasi unga hukmronlik qilib keladi.

Butunlay yopiq taşqi siyosat olib boruvçi mamlakatni qöşnilari Xitoy va Rossiya qöllab-quvvatlaşi aytiladi. 2006 yilda Şimoliy Koreya ilk yadro sinovini muvaffaqiyatli amalga oşirgani haqida rasman e’lon qilgan. Turli manbalarga köra, ayni vaqtda Şimoliy Koreyada 10 tadan 60 tagaça yadro kallagi bor.