Marafonning start va finiş çiziqlari Afrosiyob va Beşyoğoç köçalari çorraxasida, «Humo Arena» sport saroyi oldida joylaşib, iştirokçilar poytaxtning Nukus, Abdulla Qodiriy va Abay köçalari böylab yugurişdi. 

Musobaqa turli masofalarda, jumladan, klassik (42 km 195 m), yarimmarafon (21 km 97,5 m), 10 va 3 km masofalarda ötkazildi. Unda professional sportçilar va havaskorlar birgalikda bahs olib borişdi. Marafonning umumiy mukofot jamğarmasi 138 mln sömni taşkil etdi. 

Musobaqada Şanhay hamkorlik taşkilotiga a’zo 18ta davlatdan jami 2200dan ziyod sportçilar iştirok etdi. Şuningdek, nogironligi bölgan sportçilar ham alohida toifada yuguriş bahslarida qatnaşiş imkoniyatiga ega böldilar. 

Eslatib ötamiz, uşbu marafon 2022 yil sentyabrida Samarqand şahrida bölib ötişi rejalaştirilgan ŞHT sammiti dasturiga kiritilgan tadbirlar qatoriga kiradi.

Quyida ğolib va sovrindorlar bilan tanişing:
Marafon (42 km 195 m)
Erkaklar:
1. Ilya Tyapkin (Qirğiziston) – 2:21,42
2. Zakirillo Mamatqulov (Özbekiston, Farğona) – 2:22,05
3. Vladislav Mamedov (Özbekiston, Toşkent vil.) – 2:23,18

Ayollar:
1. Gulşanoy Sattorova (Qirğiziston) – 2:34,50
2. Yekaterina Tunguskova (Özbekiston) – 2:39,28
3. Tamilla Qöçqorova (Özbekiston) – 3:11,23

Yarim marafon
Erkaklar:
1. Nursulton Keneşbekov (Qirğiziston) – 1:04,28
2. Şohruh Davlatov (Özbekiston, Surxondaryo) – 1:04,40
3. Otabek Toşquvvatov (Özbekiston, Samarqand) – 1:07,58

Ayollar:
1. Aziza Mirzaakbarova (Özbekiston, Andijon) – 1:15,20
2. Mariya Korobitskaya (Qirğiziston) – 1:16,47
3. Sitora Qurbonova (Özbekiston, Farğona) – 1:24,43

10 km masofaga yuguriş
Erkaklar:
1. Bekzod Boymatov (Surxondaryo) – 35:03
2. Otabek Fayzullayev (Surxondaryo) – 35:47
3. Azizbek Nasimov (Samarqand) – 36:26

Ayollar:
1. Dilnoza Usmonova (Andijon) – 43:29
2. Gözal Muhammadvaliyeva (Namangan) – 44:22
3. Farida Tölqinbekova (Andijon) – 44:53