Hukumat qarori bilan qimmatbaho metallarni oltin izlovçilar usulida qazib oliş faoliyatini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovçilar usulida qazib oliş uçun ruxsatnomalar Davlat geologiya qömitasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan yer qa’ri uçastkalari böyiça beriladi. Bunda yer qa’ri uçastkasi işonçli, aniq konturlari va çegaralari körsatilgan, ölçami 5 gektargaça bölgan soçma oltin konlari böladi.

Yer qa’ri uçastkalari “Ye-auksion” portaliga qöyiladi va uning bir gektari boşlanğiç narxi bazaviy hisoblaş miqdori 35 baravari (9 mln 450 ming söm) etib belgilanadi.

Ruxsatnomalar “Ye-auksion”dagi auksion yakunlari böyiça faqat Özbekiston rezidentlariga 3 yilga beriladi. Ruxsatnoma olganlar qaziş işlarini boşlaşdan avval yozma ravişda hokimlikni, Ekologiya qömitasi, Sanoat xavfsizligi qömitasi, Kon-geologiya inspeksiyasini xabardor qilişi kerak.

Qazib olingan qimmatbaho metallar qabul kassalariga, zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçi tadbirkorlarga sotiladi.