Vazirlar Mahkamasining «2022 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini taşkil etiş va ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2022 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini ötkaziş reja-jadvali;
- 2022 yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini taşkil etiş va ötkaziş böyiça işçi guruh tarkibi;
- 2022 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini taşkil etiş hamda ötkaziş çora-tadbirlari rejasi.
Hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini ötkaziş bilan boğliq xarajatlar uşbu yarmarkalarni taşkil etuvçi hamda ularda iştirok etuvçi tomonlarning öz mablağlari hisobidan mustaqil ravişda amalga oşiriladi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markaziga:
- haftalik, oylik va yillik asosda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallarning alohida turlari kesimida örtaça şakllangan narxlar böyiça ma’lumotlarni doimiy ravişda joylaştiriş;
- respublikadagi iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallarning alohida turlari böyiça röyxatni şakllantiriş va doimiy ravişda yangilab boriş topşirildi.











