2005–2025: dunyo işlab çiqariş markazi qanday özgardi?
|09:14 / 13.08.20262 3685 min
Sönggi 20 yilda jahon qayta işlaş sanoatining geografiyasi sezilarli darajada özgardi. 2005-yilda global işlab çiqarişda Yevropa Ittifoqi va AQŞ yetakçilik qilgan bölsa, 2025-yilga kelib Xitoy 27 foizlik uluş bilan dunyoning eng yirik işlab çiqariş iqtisodiyotiga aylandi.
Foto : Visual CapitalistFoto : Visual Capitalist
Visual Capitalist taqdim etgan infografikada 2005-yildan 2025-yilgaça bölgan davrda sakkizta yirik iqtisodiyotning jahon qayta işlaş sanoatidagi uluşi qanday özgargani körsatilgan.
Hisob-kitoblar AQŞ Iqtisodiy tahlil byurosi va Jahon bankining eng sönggi mavjud ma’lumotlariga asoslangan. Mamlakatlarning uluşi qayta işlaş sanoatida yaratilgan qöşilgan qiymat asosida, joriy AQŞ dollarida hisoblangan.
2005-yilda Yevropa Ittifoqi yetakçi edi
2005-yilda jahon qayta işlaş sanoatida yaratilgan qöşilgan qiymatning 24 foizi Yevropa Ittifoqi hissasiga töğri kelgan.
Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti va dunyo avtomobilsozlik sanoatining asosiy markazlaridan biri bölgan Germaniyaning özi global körsatkiçning 7 foizdan ortiğini ta’minlagan.
Atlantika okeanining narigi tomonida AQŞ işlab çiqariş kölami böyiça Yevropa Ittifoqidan deyarli qolişmagan. Mamlakatda önlab yillar davomida deindustrializatsiya jarayoni keçganiga qaramay, AQŞ öşa paytda alohida davlat sifatida dunyoning eng yirik işlab çiqaruvçisi bölib qolgan.
AQŞ oğir sanoatining katta qismi mamlakatning Örta Ğarb ştatlarida joylaşgan edi.
Yaponiya jahon sanoatining 13 foizini ta’minlagan
2005-yilda yana bir yirik sanoat markazi Yaponiya edi. Mamlakat hissasiga jahon qayta işlaş sanoatining qariyb 13 foizi töğri kelgan.
Yaponiya an’anaviy ravişda elektronika, avtomobilsozlik va iste’mol tovarlari işlab çiqarişda kuçli mavqega ega bölgan. Öşa davrda sanoat mamlakat iqtisodiyotining beşdan bir qismidan köproğini taşkil etgan.
Yaponiyadan keyin Xitoy 9 foiz, Janubiy Koreya esa 3 foiz uluş bilan joylaşgan.
Hindiston, Meksika va Rossiyaning har biri jahon qayta işlaş sanoatida taxminan 2 foizlik uluşga ega bölgan.
Xitoyning uluşi 20 yilda uç barobar oşdi
Keyingi ikki ön yillikda jahon işlab çiqariş sanoatida eng katta özgariş Xitoy hisobiga yuz berdi.
2005-yilda global qayta işlaş sanoatining 9 foizini ta’minlagan Xitoyning uluşi 2025-yilga kelib 27 foizga yetgan. Ya’ni mamlakatning jahon sanoatidagi uluşi 20 yil içida uç barobar oşgan.
Mavzuga oid
Natijada Xitoy 2025-yilga kelib AQŞ va Yevropa Ittifoqining har biridan 10 foiz punktga oldinga çiqqan.
Xitoyning sanoat derjavasiga aylanişida mamlakat iqtisodiyotining liberallaştirilişi va 2001-yilda Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi muhim rol öynagan.
Katta va nisbatan arzon işçi kuçi, hududlarda taqdim etilgan turli soliq imtiyozlari ham Xitoyga transmilliy korporatsiyalarni jalb qiliş imkonini bergan. Bu jarayon işlab çiqariş sohasiga milliardlab dollarlik investitsiyalar kirib kelişini tezlaştirgan.
Natijada 2015-yilga kelib Xitoy global qöşilgan qiymatdagi uluşi böyiça dunyoning eng yirik işlab çiqariş iqtisodiyotiga aylangan.
AQŞ, Yevropa va Yaponiyaning umumiy uluşi kamaydi
Xitoyning jahon sanoatidagi uluşi keskin oşişi bilan bir vaqtda AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Yaponiyaning umumiy hissasi sezilarli qisqargan.
2005-yilda uşbu uç yirik iqtisodiy markaz birgalikda jahon qayta işlaş sanoatidagi qöşilgan qiymatning 59 foizini ta’minlagan.
2025-yilga kelib ularning jami uluşi 39 foizgaça tuşgan.
Şunday qilib, 20 yil içida AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Yaponiyaning global sanoatdagi umumiy uluşi 20 foiz punktga kamaygan.
Biroq bu raqamlar uşbu mamlakatlarda işlab çiqarişning mutlaq hajmi şunça miqdorda qisqarganini anglatmaydi. Körsatkiç, birinçi navbatda, dunyo böyiça sanoat qöşilgan qiymatining geografik taqsimoti özgarganini, xususan, Xitoy va boşqa rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning tezroq ösganini körsatadi.
Hindiston ham öz uluşini oşirdi
Meksika, Rossiya va Janubiy Koreyaning global qayta işlaş sanoatidagi uluşi 2005–2025-yillar davomida nisbatan barqaror saqlanib qolgan.
Hindistonda esa ösiş kuzatilgan. Mamlakatning jahon işlab çiqarişidagi uluşi 2 foizdan 3 foizga kötarilgan.
Hindiston hukumati mamlakatga sanoat sohasida yanada köproq xorijiy investitsiyalarni jalb qilişga intilmoqda. Bu orqali Hindiston global işlab çiqariş va logistika zanjirlaridagi iştirokini kengaytirişni maqsad qilgan.
Umuman, 2005–2025-yillardagi körsatkiçlar jahon sanoat markazi Ğarb va Yaponiyadan tobora Osiyo tomon siljiganini körsatadi. Bu jarayonda eng katta özgariş Xitoy hissasiga töğri kelgan: mamlakat 20 yil içida 9 foizlik uluşdan 27 foizga çiqib, global qayta işlaş sanoatidagi eng yirik kuçga aylangan.