Redwings aviakompaniyasi Maxaçqal’adan Toşkentga töğridan töğri reyslarni yölga qöydi. Ular seşanba va payşanba kunlari amalga oşiriladi, deb xabar berdi Maxaçqal’a aeroporti matbuot xizmati rahbari Sapura Magomedova TASSga.
«29 martdan Redwings aviakompaniyasi Maxaçqal’adan Toşkentga muntazam reyslarni yölga qöydi. Parvozlar seşanba va payşanba kunlari Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oşiriladi», — dedi Magomedova.
Uning sözlariga köra, Maxaçqal’adan uçiş Moskva vaqti bilan soat 07:40 da, Toşkentga qöniş mahalliy vaqt bilan 12:35 da amalga oşiriladi, parvoz davomiyligi 2 soat-u 55 daqiqani taşkil qiladi. Ortga parvoz mahalliy vaqt bilan soat 04:45 ga, Maxaçqal’a aeroportiga yetib boriş Moskva vaqti bilan soat 06:10 ga rejalaştirilgan, parvoz vaqti 3 soat-u 25 daqiqani taşkil etadi.
Ta’kidlanişiça, Özbekistonga kelayotgan barça yölovçilar, ikki yoşgaça bölgan bolalardan taşqari, kelişidan kamida 48 soat oldin ötkazilgan PZR testini topşirişi kerak. Bundan taşqari, yölovçilar Özbekistonga yetib kelgaç, ekspress antigen testidan ötişi lozim.












