Rossiyalik oligarxga tegişli deyilayotgan, jami summasi 26 million AQŞ dollar turadigan har ikki vertolyot Britaniyaga qaraşli Men orolida röyxatga olingan, deb yozmoqda Forbes.

Gap bort raqamlari M-DLBR bölgan Airbus EC-175 hamda M-DLBA bölgan Eurocopter EC-155 vertolyotlari haqida bormoqda. Ma’lum qilinişiça, vertolyotlar xatlovga olingan çoğda ulardan biri Le-Kastelleda, ikkinçisi Monte-Karloda bölgan.

Airbus EC-175. Foto: AirTeamImages.com

Rasman M-DLBR Crystal Sky Limited kompaniyasiga, M-DLBA esa Margaux Aviation Limited kompaniyasiga tegişli. Har ikki firma Kayman orollarida joylaşgan.

Alişer Usmonov 28 fevral kuni Yevropa Ittifoqining sanksiya röyxatiga kiritilgan edi. Vertolyotlar esa 3 mart kuni Men oroli aviatsiya hokimiyatining qayd etiş röyxatidan çiqarilgan. Endi ular boşqa davlatda röyxatdan ötkazilmaguniga qadar Alişer Usmonov ulardan foydalana olmaydi, deb yozadi naşr.

Eurocopter EC-155. Foto: Planespotters.net

Usmonovning vakili vertolyotlar oligarxga tegişli emasligini aytgan. «Mulkning katta qismi, jumladan ikki vertolyot ham çaqirib olinmas trastlarga topşirilgan. Janob Usmonov ularning egasi emas. Mulkni oilaviy trastlarga topşiriş jarayoni köp yillar avval boşlangan va na boylikni yaşiriş, na sanksiyalardan qoçiş bilan boğliqlikka ega», — degan u.

M-DLBR vertolyoti Dilbar superyaxtasi uzra. Youtube’dan skrinşot

Forbes naşrining qayd etişiça, Margaux Aviation Limited’ning Usmonov bilan boğliqlik joyi bor, çunki avval unga tegişli Airbus A340 Bourkhan samolyotining egasi şu kompaniya bölgan. M-DLBR vertolyoti esa oligarxning 588 million dollarlik, 512 fut uzunlikka ega, avvalroq Germaniyada xatlovga olingan Dilbar superyaxtasi ustida suratga olingan.

M-DLBA vertolyoti Dilbar superyaxtasi uzra. Foto: Twitter.com/yachthelicopters

Alişer Usmonov «Dilbar»ni 2016 yilda Lurssen kemasozlik kompaniyasidan 588 mln dollarga sotib olgan. Yaxta 52 oy davomida qurib bitkazilgan. «Dilbar» 15 917 tonna suv siğimi bilan dunyodagi eng katta motorli yaxta hisoblanadi. Unda ulkan basseyn, ikkita vertolyot maydonçasi, sauna, gözallik saloni va sport zali bor. Yaxtaning 12ta lyuks xonasiga 24 kişi joylaşişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Men oroli aviatsiya hokimiyati rossiyalik oligarxlar, jumladan Alişer Usmonovga tegişli samolyot va vertolyotlarning qayd etiş hujjatlarini bekor qilgan edi.

Alişer Usmonovga tegişli Airbus A340 «Burkhan» samolyoti Tokioning Haneda aeroportida. Foto: airliners.net

68 yoşli Alişer Usmonov — Rossiyaning eng badavlat insonlaridan biri. Uning eng yirik aktivi «Metalloinvest» metallurgiya gigantidagi uluşi hisoblanadi. U şuningdek, Xitoyning Xiaomi maişiy elektronika kompaniyasi aksiyalariga ega.