Germaniya hukumati rossiyalik milliarder Alişer Usmonovning “Dilbar” nomli yaxtasini xatlab qöydi. Narxi 600 mln dollarga teng bölgan yaxta Hamburgdagi Blohm+Voss kemasozlik firmasida qayta jihozlaş uçun turgandi, deb yozadi Forbes.

Naşr manbalarining ma’lumot berişiça, “Dilbar” Yevroittifoq Alişer Usmonovga nisbatan sanksiyalar joriy etganidan ikki kun ötib xatlovga olingan.

Yaxta ötgan yil oktyabridan buyon Hamburgdagi verfda edi.

Alişer Usmonov “Dilbar”ni 2016 yilda Lurssen kemasozlik kompaniyasidan 600 mln dollarga sotib olgan. Yaxta 52 oy davomida qurib bitkazilgan.

Ma’lumot berilişiça, “Dilbar” 15 917 tonna suv siğimi bilan dunyodagi eng katta motorli yaxta hisoblanadi. Unda ulkan basseyn, ikkita vertolyot maydonçasi, sauna, gözallik saloni va sport zali bor. Yaxtaning 12ta lyuks xonasiga 24 kişi joylaşişi mumkin.